Habib: “Uyda karantinda o‘tiribman, Fergyuson bilan jang bo‘lmaydi”
Sport
−
02 aprel 2020
6375UFC bo‘yicha jahon chempioni rossiyalik Habib Nurmuhamedov 18 aprel kuni o‘tkazilishi mo‘ljallangan Toni Fergyuson bilan jang qoldirilganini ma’lum qildi.
“Uyda karantinda o‘tiribman va odamlarning jang atrofidagi gaplarini o‘qiyapman. Ularning gapidan kelib chiqadiki, butun dunyo karantin qoidalariga rioya qilib uyda o‘tirishi lozim. Barcha davlatlar hukumatlari va mashhur insonlar kasallik tarqalmasligi uchun odamlarni xavfsizlik choralariga rioya qilishga chaqiryapti, Habib esa jang uchun hayotini xavf ostiga qo‘yib, dunyo bo‘ylab uchib mashg‘ulot o‘tkazishi kerakmi?
Hammasini tushunib turibman, jang qoldirilgani uchun sizdan kam xafa emasman. Jangdan keyin mening ham rejalarim bor edi, ammo bo‘layotgan voqealar nazorati mening qo‘limda emas. Zamonamizning derjava davlatlari va yirik kompaniyalari yuz berayotgan hodisalardan karaxt bo‘lib qolgan, vaziyat har kuni o‘zgaryapti. Biroq Habib baribir jang qilishi kerak, shundaymi? Salomatligingizni asrang va o‘zingizni mening o‘rnimga qo‘yib ko‘ring”, degan sportchi ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.
Habib Nurmuhamedov 2018 yil 7 oktyabrda irlandiyalik Konor Makgregorni yengib jahon chempionligi kamarini qo‘lga kiritgan va 2019 yil 7 sentyabr kuni Dastin Puare bilan jangda kamarni himoya qilgandi. 18 apreldagi jangning bekor qilinishi bilan Habib va Tonining amalga oshmay qolgan to‘qnashuvlari beshtaga yetdi.
LiveBarchasi