Habib UFC prezidentiga avtomobilini pachoq qilish bilan po‘pisa qildi

Sport

image

Yengil vazn toifasida UFC chempioni Habib Nurmuhamedov UFC Prezidenti Deyna Uaytga murojaat qildi. 

"Menga manzilingni jo‘nat, bo‘lmasam avtomobilingni pachoqlayman", deb xabar qoldirdi Habib Nurmuhamedov instagram'dagi rasmiy sahifasida. 

Oradan biroz vaqt o‘tgach, Habib Deyna Auyt bilan do‘stona quchoqlashib turgan suratini instagram'dagi rasmiy sahifasiga joyladi.

Bundan avval u bu gapni ichida o‘zi bo‘lgan avtobusga hujum qilganidan so‘ng, UFC sobiq chempioni Konor Makgregorga qarata aytgan edi.

Eslatib o‘tamiz, Habib Nurmuhamedov joriy yilning 18 aprel kuni Toni Fergyusonga qarshi oktagonga chiqadi.


Maqola muallifi

Teglar

UFC Habib Nurmuhamedov Deyna Uayt

Baholaganlar

565

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing