Habib UFC aksiyalarini sotib oldi

Sport

image

Yengil vazn toifasida UFC sobiq chempioni  Habib Nurmuhamedov tashkilot aksiyalarining ma’lum qismini sotib olganini e’lon qildi.

“Men hali ham UFC bilan birgaman. Tashkilot qisqa vaqtda omma e’tiboriga tushdi. U yerda mening kam sonli, lekin qadrdon muxlislarim bor. UFC'da juda katta istiqbollarni ko‘rmoqdaman. Aksiyalarni sovg‘a sifatida berishmagani aniq. Menga sovg‘alar yoqmaydi”, deydi Nurmuhamedov.

Ma’lumot uchun, 2020 yil oktyabr oyida bo‘lib o‘tgan UFC 254 turnirida 32 yoshli Nurmuhamedov Jastin Getjini ikkinchi raundda uchburchak bo‘g‘ish usuli bilan mag‘lub etgandi. Jangdan keyin rossiyalik faoliyatini yakunlaganini e’lon qildi. U MMA sportida o‘tkazgan 29 ta jangining barchasida, shu jumladan UFC promoushenida 13 ta jangda g‘alaba qozongan. 

Getjiga qarshi bahs, Habib uchun otasi — Abdulmanap Nurmuhamedov vafot etganidan keyingi birinchi va oxirgisi bo‘ldi. Joriy yilning 19 mart kuni UFC prezidenti Dena Uayt “burgut”ning “nafaqa”ga chiqqanini rasman tasdiqlagan edi.


Maqola muallifi

Teglar

UFC Habib Nurmuhamedov Abdulmanap Nurmuhamedov Dena Uayt

Baholaganlar

809

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing