Habib “toychog‘i”ni sotuvga qo‘ydi

Sport

image

Yengil vazn toifasida sobiq UFC chempioni Habib Nurmuhammedov Mercedes-Benz AMG GT mashinasi sotuvga qo‘ydi. "Avito" internet xizmatidagi e’londa mashina Nurmuhammedovga tegishli ekani aytilgan. Toychoqqa 20 million rubl narx qo‘yilgan.

Jurnalist Aleksandr Lyutikovning ma’lum qilishicha, 2016 yilda bu mashina Maxachqal’a ko‘chalaridan birida halokatga uchragan. Avtomobil Habibga sovg‘a qilinganidan besh oy o‘tgach, sportchining yaqin do‘sti boshqaruvida yo‘l-transport xodisasi ro‘y bergan.

Ma’lumot uchun, avtomobil 2015 yilda ishlab chiqarilgan. 

Habibning kamtarona avtoparkida LADA Vesta, BMW6, Land Cruiser kabi avtoulovlar bor.


Maqola muallifi

Teglar

UFC Habib

Baholaganlar

1687

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing