Habib Nurmuhammedovning Rossiyadagi kompaniyalari yopilmoqda

Sport

image

Rossiyalik aralash yakkakurashlar (MMA) bo‘yicha mashhur jangchi, yengil vazn toifasida UFC sobiq chempioni Habib Nurmuhammedov Federal soliq xizmatidan 306 million rubl qarzdorligi ma’lum bo‘ldi. Departament Eagle FC va unga aloqador xayriya jamg‘armasining akkauntlarini blokladi. Bu haqda “Mash” Telegram-kanali xabar berdi.

O‘zining sport karerasini tugatganidan so‘ng, Habib sport ozuqalarini sotish, Eagle FC promousheniga homiylik qilish bilan shug‘ullangan. 

Manbaga ko‘ra, sportchi keyinchalik Sildi, First Mobile kompaniyalari, shuningdek, Ta’lim, sport va ijtimoiy tashabbuslarni rivojlantirish jamg‘armasi ta’sischiligidan iste’foga chiqqan. Nurmuhammedov o‘ziga tegishli kompaniyalar egaligini qarindoshlari va do‘stlariga topshirgan.

Federal soliq xizmati tekshiruvni boshladi, hozirda Nurmuhammedovning bir qancha kompaniyalari yopilgan. Masalan, turizm bilan shug‘ullanuvchi Hikmet Travel kompaniyasi ham faoliyatini to‘xtatdi.  Xuddi shunday holat Eagle FC bilan kuzatilishi mumkin, deyiladi xabarda.


Maqola muallifi

Teglar

soliq Habib Nurmuhammedov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing