Habib Nurmuhamedovning otasi olamdan o‘tdi. Unda koronavirus aniqlangan edi
Sport
−
03 iyul 2020
13846UFC’ning yengil vazndagi chempioni rossiyalik jangchi Habib Nurmuhamedovning otasi Abdulmannap Nurmuhamedov vafot etdi. Bu haqda Checheniston rahbari Ramzan Qodirov Telegram-kanalida ma’lum qildi.
Qodirov Rossiyada xizmat ko‘rsatgan murabbiyning oilasiga hamdardlik bildirgan. Nurmuhamedov koronavirus bilan kasallanganidan keyin og‘ir ahvolda edi. Kasallik bir qator asoratlarga olib keldi. Murabbiy koronavirusdan xalos bo‘lganligi 19 iyun kuni ma’lum bo‘lgan edi.
Abdulmannap Nurmuhamedov joriy yilning aprel oyida pnevmoniyaga shubha bilan shifoxonaga yotqizilgan. Bemorning ahvoli yomonlashgani sababli uni Dog‘istondan Moskvaga o‘tkazishgan edi. OAV xabarlariga ko‘ra, mutaxassis ikki marta komaga tushgan.
U o‘g‘li bilan bir qatorda UFC’ning bir necha hozirgi sportchilari, xususan, Islom Maxachev va Umar Nurmuhamedovni tarbiyalagan.
Abdulmannap Nurmuhamedov 1962 yil 10 dekabrda Dog‘iston avtonom Sovet Sotsialistik Respublikasida tug‘ilgan. Bolaligidan u erkin kurash bilan shug‘ullangan. Erkin kurashda sport ustasi bo‘lgan. Armiyada u dzyudo va sambo bilan shug‘ullana boshlagan.
2019 yilning sentyabr oyida Abdulmannap Nurmuhamedov eng ko‘p jangovar sambo chempioni bo‘lgan shaxs sifatida Rossiya Rekordlar kitobiga kiritilgan.
LiveBarchasi