Habib Nurmuhamedov UFC`ning eng serdaromad jangchisi bo‘ldimi?

Sport

Rossiyalik aralash kurash (MMA) jangchisi Habib Nurmuhamedov Mutlaq janglar chempionati (UFC) rahbariyati bilan yangi muzokaralar qanday o‘tganligini aytib berdi.

30 yoshli sportchi yangi shartnoma tafsilotlarini ochiqlamasligini ta’kidlagan. Biroq Nurmuhamedov UFC bir necha o‘rinda murosaga kelib, yon berganini qayd etgan.

Shu bilan birga, Nurmuhamedov UFC`ning eng ko‘p maosh oluvchi jangchisi bo‘lganini rad qildi. Avvalroq uning menejeri Ali Abdul-Aziz rossiyalik sportchi tashkilotning eng serdaromad jangchisi bo‘lganini ta’kidlagandi.

“Agar mening shartnomam shartlari UFC`da eng yaxshilaridan biri desam, to‘g‘ri bo‘lmaydi”, dedi Habib.

Nurmuhamedov joriy yilning 7 sentyabr kuni oktagonga qaytadi. Yengil vazn bo‘yicha UFC`ning amaldagi chempioni vaqtinchalik titul sohibi amerikalik Dastin Pore bilan jang qiladi.

Ma’lumot uchun, Nurmuhamedov hisobida MMA qoidalari bo‘yicha 27 ta g‘alaba bor. U biror marta mag‘lub bo‘lmagan va UFC reytingida vazn kategoriyasini hisobga olmaganda uchinchi o‘rinni egallab turadi.


Maqola muallifi

Teglar

UFC Habib Nurmuhamedov

Baholaganlar

103

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing