Habib Nurmuhamedov kelajakda nima bilan shug‘ullanmoqchiligini aytdi

Sport

image

Yengil vazn toifasida UFC chempioni, rossiyalik aralash kurash jangchisi Habib Nurmuhamedov Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universitetini tamomlab, qishloq xo‘jaligi bilan jiddiy shug‘ullanish niyatida. Bu haqda TASS xabar bermoqda.

Sportchi kecha, 19 noyabr kuni Dog‘istonning Darband shahrida yoshlar bilan uchrashuvda o‘zining kelajakdagi rejalari haqida gapirgan.

"Keyingi yili men universitetni bitiraman, magistratura diplomini himoya qilishni xohlayman va ta’limga ko‘proq vaqt ajratmoqchiman. Men qo‘ylar sotib oldim, qishloq xo‘jaligi bilan shug‘ullanmoqchiman, shu yo‘nalishda biroz rivojlanish niyatidaman. Men qishloq xo‘jaligi bilan shug‘ullanaman, balki bu dunyo darajasida bo‘lmas. Ammo qachondir men shu kabi (sport zalida) mashg‘ulotlarni boshlagandim”, deydi sportchi.

U katta siyosat bilan shug‘ullanish niyatida emas.

“Foyda keltirishim mumkin bo‘lgan joyda bo‘lishni xohlayman, bu aynan katta siyosat bo‘lishi shart emas. Hozir men katta siyosatchi bo‘lmasdan foyda keltirishim mumkin, shuning o‘zi yetarli”, degan Nurmuhamedov.

Shuningdek, u sportga qaytishni rejalashtirmayotgani, negaki, unda bellashishga bo‘lgan qiziqish yo‘qolganini ta’kidlagan.

Eslatib o‘tamiz, Habib Nurmuhamedov 24 oktyabr kuni  Abu-Dabidagi "Janglar orolida" amerikalik Jastin Geytjeni mag‘lubiyatga uchratganidan so‘ng sportdagi faoliyati yakunlanganini e’lon qilgan edi. 


Maqola muallifi

Teglar

UFC Habib

Baholaganlar

398

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing