Habib Nurmuhamedov bugun Toshkentga keladi

Sport

image

Xabaringiz bor, joriy yilning 23 noyabr kuni poytaxt Toshkentdagi “Humo Arena” sport majmuasida ilk bor MMA GFC-20 turniri bo‘lib o‘tadi. Unda UFC bo‘yicha jahon chempioni Habib Nurmuhamedov ishtirok etishi kutilmoqda. 

Bugun, 20 noyabr kuni Habib Nurmuhamedovning jamoasi Toshkentga keldi. Birozdan so‘ng, soat 22:30 da Habib Nurmuhamedov o‘tirgan samolyot Islom Karimov nomidagi “Toshkent” xalqaro aeroportiga kelib qo‘nadi. 

Ertaga, 21 noyabr kuni Habib Nurmuhamedov va turnir tashkilotchilari ishtirokida matbuot anjumani bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan. 

Eslatib o‘tamiz, MMA GFC-20 turniri O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning kenja kuyovi – Prezident xavfsizlik xizmati rahbari birinchi o‘rinbosari, Triatlon federatsiyasi raisi, Aralash jang san’atlari assotsiatsiyasi prezidenti Otabek Umarov tomonidan tashkil etilmoqda. Bu esa Habib Nurmuhamedovning O‘zbekistonga ilk tashrifi emas. Sportchi joriy yilning may oyida ham Toshkentga kelgan edi. 


Maqola muallifi

Teglar

Otabek Umarov Habib Nurmuhamedov

Baholaganlar

114

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing