Habib Nurmuhamedov 2021 yilda Toshkentda musobaqa o‘tkazadi

Sport

image

Yengil vazn toifasida UFC chempioni va EFC promousheni rahbari Habib Nurmuhamedov kelasi yilgi rejalari bilan o‘rtoqlashdi.

“Bu yilgi Eagle FC 31 musobaqasida juda qiziqarli va shiddatli janglar tashkil etildi. Og‘ir vazn toifasidagi Rizvan Kuniyev va Vladimir Daynekoning jangi musobaqani bezadi. Rizvanni unvonni muvaffaqiyatni himoya qilgani bilan tabriklayman va Vladimirga sog‘lik hamda tezroq sog‘ayishini tilayman.

Kelasi yil musobaqalarga boy bo‘ladi, shu sababdan bizning liga faoliyatini diqqat bilan kuzating”, degan Nurmuhamedov.

Uning so‘zlariga ko‘ra, 2021 yilning dastlabki yarim yilligida Toshkent, Abu-Dabi, Moskva, Nur-Sulton shaharlarida turnirlar tashkil etish belgilangan.

Ma’lumot o‘rnida, Nurmuhamedov joriy yilning 24 oktyabr kuni Abu-Dabidagi (BAA) “Janglar oroli”da o‘tkazilgan UFC 254 musobaqasida amerikalik Jastin Getji bilan kuch sinashdi va 2-raunddayoq g‘olib bo‘ldi. G‘alabasidan so‘ng Habib o‘z faoliyatini tugatgani haqida e’lon qildi

Eslatib o‘tamiz, 1 dekabr kuni Habib Nurmuhamedov Toshkentga kelgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Habib Nurmuhamedov

Baholaganlar

124

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing