Habib Nurmuhamedovning vorisi kim ekanligi aytildi

Sport

image

Aralash qoidalar jangchisi Habib Nurmuhamedovning otasi va ustozi Abdulmanop Nurmuhamedov sportda o‘g‘lininng o‘rnini kim egallashi mumkinligini aytdi.

“Rashid Vagapov va Usmon Nurmuhamedov — o‘z yosh toifasida eng yaxshilardan biri hisoblanadi. Ular albatta Habib va Rustam Habilov o‘rnini egallay oladi (har ikki sportchi ham UFC’da ishtirok etadi). Bular bizning kelajagimiz”, deya ta’kidlagan Habibning otasi.

Usman Nurmuhamedov Habib Nurmuhamedovning amakivachchasi hisoblanadi. 21 yoshli jangchi Bahraynning Brave kompaniyasi tomonidan tashkillashtiriladigan janglarda ishtirok etadi. 

Uning hisobida shu kungacha 5 ta jangda 5 ta g‘alaba bor. Rashid Vagapov esa sambo bo‘yicha Rossiya chempioni bo‘lib, u professional MMA jangchisi sifatida 2 ta g‘alaba qozongan.

13 iyul kuni Habibning yana bir amakivachchasi Umar Nurmuhamedov professional faoliyatidagi rekord o‘rnatib, ketma-ket 10-g‘alabasiga erishdi. 23 yoshli rossiyalik sportchining Gorilla Fighting Championship turniridagi chiqishi ESPN nashri jurnalisti Breta Okamotoni hayratda qoldirdi. Jurnalist Umar Nurmuhamedovni tez orada UFC’ arenasida ham ko‘rsa hech ham ajablanmasligini aytib o‘tdi.

Ma’lumot o‘rnida, Habib Nurmuhamedov ayni vaqtda UFC’ning yengil vazn toifasida chempioni hisoblanadi. Habib 7 sentyabr kuni amerikalik Dastin Porega qarshi jang o‘tkazishi va jangda kamarini himoya qilishi kerak bo‘ladi.


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

UFC Habib Nurmagomedov Usmon Nurmagomedov

Baholaganlar

125

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing