Habib karerasini tiklash uchun UFC’ga shart qo‘ydi

Sport

image

Avvalroq, UFC rahbari Dana Uayt UFC’ning yengil vazn toifasida amaldagi chempioni, rossiyalik Habib Nurmuhamedov bilan muzokaralari natijasini e’lon qilishi kutilayotgani haqida xabar bergan edik.

Dana Uayt o‘z va’dasida turib, Habibning katta sportga qaytishi bo‘yicha qanday qarorga kelganini ma’lum qildi. Unga ko‘ra, rossiyalikning qaytishi UFC-257 musobaqasiga bog‘liq.

“Habib UFC`da nimaga erishishi kerak bo‘lgan bo‘lsa, barchasiga erishib bo‘ldi. Biroq Habib kelasi hafta UFC-257 da oktagonga ko‘tariladigan Konor-Pore va Chendler-Xuker jangini tomosha qilishini, agar ular Habibni nima bilandir hayron qoldira olishsa, unda qaytishini ma’lum qildi.

Aynan ular Habibni oktagonga qaytishga majbur qiladigan jangni tashkil etishlari lozim. O‘shanda Habib 30-jangini o‘tkazadi”, degan Uayt.

Ma’lumot o‘rnida, Habib Nurmuhamedov 2020 yil 24 oktyabr kuni  Abu-Dabidagi “Janglar oroli”da amerikalik Jastin Getjini mag‘lubiyatga uchratganidan so‘ng, sportdagi faoliyati yakunlanganini e’lon qilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Habib Nurmuhamedov Dana Uayt

Baholaganlar

2748

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing