Habib bilan jangdan katta saboq olganman – Pore

Sport

image

UFC yengil vazn toifasining birinchi raqamli jangchisi Dastin Pore 2019 yilning kuzida Habib Nurmuhamedov bilan jangdagi xatosi haqida aytib o‘tdi.

“Men, ayniqsa, Habib bilan jangda bo‘ynimni ushlab olishiga yo‘l qo‘ymasligim kerak edi. Bu xatoni ikki marta takrorlash mumkin emas. Men jangdan katta saboq olib ulgurdim. O‘shanda o‘zimni juda yomon holatda tutdim. Noqulay vaziyatda bo‘lganingizda duelda emas, balki raundda mag‘lub bo‘lgan ma’qul. Men yuqori IQ ko‘rsatib, keyingi raundda o‘zimga kelib olishim kerak edi”, deydi Pore.

Eslatib o‘tamiz, Dastin Pore va Charlz Oliveyra o‘rtasidagi chempionlik jangi ertaga 11 dekabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 9:00 da start oladi.

Ma’lumot uchun, UFCning yengilmas sobiq chempioni Habib Nurmuhamedov yengil vazn toifasidagi chempionlik jangida Dastinning imkoniyatlarini yuqori baholagan edi. “Olmos” so‘nggi marta Konor Makgregorni, Oliveyra esa Maykl Chendlerni texnik nokautga uchratgan.


Maqola muallifi

Teglar

UFC Konor Por'e Oliveyra Nurmuhamedov

Baholaganlar

46

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing