Habib bilan jang tugagach, Konor qanday holatda bo‘lgan? (video)

Sport

image

Ijtimoiy tarmoqlarda UFC 229 da Habib bilan jangdan keyin Konor Makgregorning kiyinish xonasidan olingan tasvirlari paydo bo‘ldi.

Qayd etilishicha, videotasvir Netflix tomonidan Makgregor hayotiga bag‘ishlab suratga olingan “Makgregor Abadiy” hujjatli filmidan olingan.

Videoda Makgregorni juda tushkun holatda ko‘rish mumkin. U, hatto, his-tuyg‘ularini jilovlay olmagan va ko‘zlarida yosh aylangan. O‘shanda bu irlandiyalik sportchi faoliyatidagi katta qulash edi.

UFC prezidenti jangdan keyin sodir bo‘lgan ommaviy mushtlashuvni muhokama qilish uchun Makgregorning xonasiga kirgan. Holatga nisbatan Konor “Menga farqi yo‘q. Men bunga ahamiyat bermayman”, deb javob bergan.

Ma’lumot uchun, Makgregor UFC'da 28 ta jang o‘tkazib, 22 ta bahsda g‘alabaga erishgan. U 19 ta jangda raqiblarini muddatidan avval mag‘lub etgan.


Maqola muallifi

Teglar

Konor Makgregor Makgregor Abadiy

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing