Hayit namozi vaqtlari e’lon qilindi
Jamiyat
−
02 iyun 37732 2 daqiqa
O‘zbekistondagi jome masjidlarda 6 iyun juma kuni Qurbon hayiti namozi o‘qiladi. O‘zbekiston musulmonlari idorasi hayit namozi vaqtlarini e’lon qildi.
Unga ko‘ra, Toshkent shahridagi jome masjidlarda ertalab soat 05:10 da Qurbon hayiti namozi o‘qiladi.
Respublika hududlarida Qurbon hayiti namozi jome masjidlarda quyidagi vaqtlarda ado etiladi:
Andijon 05:00
Namangan 05:00
Farg‘ona 05:00
Toshkent shahri 05:10
Toshkent viloyati 05:10
Sirdaryo 05:20
Jizzax 05:20
Samarqand 05:20
Surxondaryo 05:25
Qashqadaryo 05:25
Navoiy 05:30
Buxoro 05:30
Xorazm 05:45
Qoraqalpog‘iston Respublikasi 05:50
Bildirilishchia, ushbu jadvalda ko‘rsatilgan vaqtlar quyosh chiqqanidan keyin 15-20 daqiqalik farqni inobatga olib belgilandi.
Eslatib o‘tamiz, Prezidentning “Muborak Qurbon hayitini nishonlash to‘g‘risida”gi qarori bilan o‘zbekistonliklar Qurbon hayiti munosabati bilan 6 iyun – juma, 7 iyun – shanba va 8 iyun – yakshanba kunlari dam olishi belgilangandi.
Live
Barchasi