“Shaharlar odamlar uchun emas”. Markaziy Osiyo poytaxtlari qurilishida qanday muammolar bor?

Tahlil

image

So‘nggi o‘n yillikda Markaziy Osiyo davlatlarining aholisi soni ortib borayotganini hisobga olsak, ularning poytaxtlarida ham yildan-yilga ushbu ko‘rsatkich o‘sib bormoqda. Ostona aholisi eng ko‘p – 46 foizga, Dushanbeda esa 40 foizga oshgan. Bishkek va Toshkent aholisi soni bir vaqtning o‘zida qariyb 20 foizga ko‘paygan.

Shu bilan birga, ayni paytda ko‘p qavatli uylar qurilishi ham jadallashmoqda. Shaharlar rivojlanmoqda, lekin hukumatlar ko‘pincha o‘z aholisining ehtiyojlarini hisobga olmaydi. “Cabar Asia” nashri Markaziy Osiyo davlatlari poytaxtlaridagi muammolar haqida tahliliy maqola e’lon qildi.

Markaziy Osiyo mamlakatlari poytaxtlari aholisi qanchalik ko‘paymoqda?

Maydoni qanchalik kichik bo‘lsa, uylar shunchalik baland bo‘ladi

Bishkek Markaziy Osiyo mamlakatlari poytaxtlari orasida eng kichik hududga ega bo‘lishiga qaramay, bu yerda aholi zichligi eng yuqori. Toshkent va Dushanbe undan biroz orqada.

Markaziy Osiyo mamlakatlari poytaxtlarida aholi zichligi

Quyidagi xaritada balandligi 10 qavatdan ortiq binolarning eng yuqori zichligi asosan shaharlarning markaziy qismlarida kuzatiladi.

Markaziy Osiyo davlatlarining poytaxtlari qanday qurilmoqda? 

Mintaqadagi barcha davlatlarning poytaxtlarida bir qavatli binolar (xususan, hovlilar, xususiy uylar) ko‘p. Ularning fonida har xil qavatli binolar sonini o‘qish qiyin.

Shuning uchun har bir shahar uchun ikkita grafik taqdim etiladi: birinchisi shaharning barcha binolarini hisobga oladi, ikkinchisi – bir qavatli binolardan tashqari barcha binolarni ajratib ko‘rsatadi. Bishkek uchun ikkinchi grafik bir va ikki qavatli binolarni hisobga olmagan holda qurilgan.

Markaziy Osiyoning deyarli barcha yirik shaharlari yuqori seysmik xavf zonasida joylashganini inobatga olsak, ko‘p qavatli uylarning qurilishi savollar tug‘diradi.

Qirg‘iziston Seysmologiya instituti direktori Kanat Abdurahmatovning aytishicha, bu borada hamma narsa qurilishda qo‘llanilayotgan texnologiyalarning zamonaviy talablarga qanchalik mos kelishiga bog‘liq.

Misol tariqasida olim bir necha o‘n qavatli binolarni qurish uzoq vaqtdan beri amalda bo‘lgan Yaponiyani keltirgan.

“Seysmik faollik bo‘yicha Yaponiya mintaqamizdan sezilarli darajada ustundir, ammo shunga qaramay, bu uylar o‘sha yerda qurilmoqda, ular qulab tushmayapti. Nega? Chunki ular juda yaxshi texnologiyaga ega. Demak, mamlakatlarimiz poytaxtlarida ham xuddi shunday texnologiyalar asosidagi uylar qurilsa va barcha xavfsizlik qoidalariga o‘ta sinchkovlik bilan amal qilinsa, hech qanday muammo bo‘lmasligi kerak”, deydi olim.

Abdurahmatovning so‘zlariga ko‘ra, fojialar va boshqa yomon oqibatlarga yo‘l qo‘ymaslik uchun, masalan, Bishkekda sodir bo‘layotgan tartibsiz binolar qurilishini butunlay yo‘q qilish kerak.

Shaharlar odamlar uchun emas

Shaharlar o‘sib bormoqda, aholi soni ko‘paymoqda, lekin ularning infratuzilmasi ko‘pincha aholining ehtiyojlarini hisobga olmaydi.

Qirg‘izistonlik sotsiolog Samar Sirg‘aboyevning ta’kidlashicha, shahardagi noto‘g‘ri o‘ylab topilgan muhit va ko‘p qavatli uylar odamlar hayotiga, xususan, psixologik holatiga katta ta’sir ko‘rsatadi.

2000 yillarning boshlarida arxitektor va urbanist Kristofer Charlz Benninger aqlli urbanizm tushunchasini taqdim etgan. Bu iqtisodiy samaradorlik, ijtimoiy adolat va ekologik barqarorlik tamoyillariga asoslangan shaharni rivojlantirish konsepsiyasi.

Aqlli urbanizm nazariyasiga ko‘ra, shahar muhiti odamlarni bir-biri bilan muloqot qilish va aloqa o‘rnatishga undashi kerak. Bu sayr qilish, do‘stlar va qo‘shnilar bilan uchrashish, biror narsani to‘plash va muhokama qilish mumkin bo‘lgan jamoalar uchun joylarni rejalashtirishni anglatadi.

Bundan tashqari, shahar odam idrok etishi oson bo‘lgan ob’ektlardan iborat bo‘lishi kerak – kichik ko‘chalar, kam qavatli binolar – bunday rejalashtirish hayot uchun qulayroqdir.

Urbanistlarning ta’kidlashicha, odam qanchalik past qavatli uyda yashasa, qo‘shnilar bilan muloqot qilish va umumiy hovli maydoniga g‘amxo‘rlik qilish ehtimoli ham shuncha ortadi.


Maqola muallifi

Teglar

Markaziy Osiyo poytaxtlar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing