Hindistondagi koronavirus bemorlari shifoxonasida yong‘in sodir bo‘ldi. 10 kishi halok bo‘lgan 

Olam

image
0:00
0:00
download

Hindistonning Mumbay shahrida joylashgan "Sunrise Hospital" COVID kasalliklari shifoxonasida yong‘in yuz berdi. Natijada o‘n kishi halok bo‘ldi, deb xabar bermoqda "Times of India".  

Yong‘in kecha, 25 mart kuni kechqurun boshlangan. Shifoxonadan 76 kishi evakuatsiya qilingan. 

Tongga yaqin esa yana bir yong‘in sodir bo‘lgan. 

Aslida, shifoxona "Dreams Mall" savdo markazining uchinchi qavatida joylashgan bo‘lib, muassasa ma’muriyatining ta’kidlashicha, yong‘in do‘konlar joylashgan birinchi qavatdan boshlangan, ammo uning tutuni palatalarga yetib kelgan. 

Shifoxona vakillarining so‘zlariga ko‘ra, qurbonlar orasida yong‘in boshlanishidan oldin vafot etgan ikkita kasal bemor ham bor. 

Mumbay meri Kishori Pednekar sodir bo‘lgan hodisa bo‘yicha puxta tekshiruv o‘tkazilishini va’da qilgan. 

U savdo markazida joylashgan yuqumli kasalliklar shifoxonasini ilk bor ko‘rayotganini ta’kidlagan.


Maqola muallifi

Teglar

Hindiston Mumbay

Baholaganlar

27

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing