Habib Dastinni yengdi. U yengilmas bo‘lib qolyapti

Sport

Avval xabar berganimizdek, UFC`ning yengil vaznida jahon chempioni, rossiyalik Habib Nurmuhamedov amerikalik Dastin Porega qarshi jang qildi. Jang Birlashgan Arab Amirliklarining poytaxti Abu-Dabi shahrida UFC 242 turniri doirasida o‘tkazildi.

Nurmuhamedov va Pore jangi uchinchi raundda nihoyasiga yetdi. Habibning ustunligida kechgan jangda, rossiyalik sportchi raqibini bo‘g‘uvchi usuli bilan yengdi.

Bu Habib Nurmuhamedovning faoliyatidagi 28-g‘alabasi bo‘ldi. 30 yoshni qarshilayotgan Nurmuhamedov shu paytgacha biror marta yutqazmagan.

Habib Nurmagomedov faoliyatida ikkinchi bor kamarni himoya qila oladi. Bundan oldin u irlandiyalik jangchi Konor Makgregorni muddatdan oldin taslim qilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

UFC Habib Nurmuhamedov Dastin Por'e

Baholaganlar

139

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing