O‘zbekistonda koronavirusga qarshi emlash qachon boshlanadi?

Bu qiziq

image

O‘zbekistonda koronavirusga qarshi ommaviy emlash qachondan boshlanadi? Ushbu savolga Koronavirusga qarshi kurashish shtabi Shuhrat Boymurodov javob berdi. 

“Bu koronavirusga qarshi vaksinaning ishlab chiqilishi va ommaviy qo‘llana boshlanishiga bog‘liq. Agar dunyoda vaksina ommaviy qo‘llanila boshlansa, albatta, O‘zbekistonda ham kasallikka qarshi ommaviy emlash boshlanadi”, deydi mutaxassis.

Eslatib o‘tamiz, Prezident Shavkat Mirziyoyev kecha, 4 avgust kuni O‘zbekiston bo‘ylab koronavirus pandemiyasini jilovlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan yig‘ilish o‘tkazib, Bosh vazir o‘rinbosari Behzod Musayevga bir hafta muddatda yetakchi olimlar va tajribali shifokorlar bilan maslahatlashgan holda, koronavirus vaksinasini xarid qilish va aholini vaksinatsiyasini amalga oshirish yo‘llarini puxta o‘rganib chiqish yuzasidan topshiriq berdi. 

Ayni vaqtda Xitoy, Hindiston, Buyuk Britaniya, Rossiya farmatsevtika kompaniyalari yaqin vaqt ichida koronavirusga qarshi vaksina ishlab chiqarishni boshlashi kutilmoqda. 

Ma’lumot o‘rnida, O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar 27 314 nafarni tashkil etmoqda. 18 051 kishi ushbu xastalikdan tuzalgan, 167 kishi vafot etgan.  


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

1590

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing