Jahon yetakçilari ovqatlangan joy yaqinidan bomba topildi

Olam

−

image

Keça, 13 noyabr kuni Irlandiya armiyasi sapyorlari Dublin markazidagi ofis binolaridan birida qölbola, ammo işga yaroqli portlovçi qurilmani zararsizlantirdi. Uşbu bino Irlandiya poytaxtida bölib ötgan ikki kunlik sammit doirasida jahon yetakçilari bir kun avval keçki ovqat qilgan joy yaqinida joylaşgan. Bu haqda “Reuters” xabar berdi.

Irlandiya politsiyasining ma’lum qilişiça, ular keça, 13 noyabr kuni tuşdan keyin Merrion-skver maydonidagi binoda şubhali qurilma aniqlangani haqidagi xabarga asosan voqea joyiga yetib borgan. Joriy yilning 12 noyabr kuni maydonning narigi tomonidagi majmuada Yevropa Ittifoqiga a’zo va a’zo bölmagan davlatlarni birlaştiruvçi Yevropa siyosiy hamjamiyati yetakçilari keçki ovqat uçun töplangan.

“Garda (politsiya) tomonidan ötkazilgan dastlabki baholaş natijalariga köra, voqea joyiga mudofaa kuçlarining portlovçi moddalarni zararsizlantiriş (EOD) guruhi çaqirildi. EOD guruhi qölbola, biroq işga yaroqli bölgan qurilmani xavfsiz holatga keltirdi”, deyiladi politsiya bayonotida.

Bayonotda holat yuzasidan tergov harakatlari olib borilayotgani qöşimça qilingan. Politsiya bomba qaçon örnatilgani haqidagi taxminlarni oçiqlamagan va boşqa tafsilotlarni keltirmagan.

Ma’lumot uçun, Irlandiya Milliy galereyasida bölib ötgan keçki ovqatda Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron, Buyuk Britaniya Boş vaziri Endi Byornem hamda tadbir mehmoni sifatida Kanada Boş vaziri Mark Karni iştirok etgan.

Keçki ovqat ötkazilgan joy atrofida xavfsizlik halqasi taşkil etilib, Merrion-skver yaqinidagi yöllar yopib qöyilgan. Politsiya ikki kunlik uşbu yiğin ular tarixda ötkazgan eng yirik xavfsizlik operatsiyasi bölganini ma’lum qilgan.

Sammitda Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy ham qatnaşgan, biroq u Dublin çekkasida AQŞ Prezidentining maxsus vakillari Jared Kuşner va Stiv Uitkoff bilan uçraşuv ötkazgani sababli keçki ovqatga bormagan.

Keça, 13 noyabr kuni Yevropa Ittifoqi yetakçilarining norasmiy uçraşuvi bilan davom etgan sammit portlovçi qurilma topilgan joydan 1,5 kilometr uzoqlikdagi boşqa binoda bölib ötgan.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing