“Yulduzlar jangi”dagi Dart Veyderning qiliçi rekord narxda sotildi
Madaniyat-san’at
−
13:26 514 2 daqiqa
“Yulduzlar jangi” filmidagi Dart Veyderning yoruğlik qiliçi AQŞdagi kimoşdi savdosida qariyb 5 million dollarga sotildi. Bu haqda “Heritage” auksion uyining saytida xabar berildi.
“Yulduzlar jangi: Imperiya javob zarbasini beradi” va “Jedayning qaytişi” filmlarini suratga oliş jarayonida foydalanilgan rekvizit – Dart Veyderning yoruğlik qiliçi “Heritage Auctions” savdo uyi maydonçasida 4,8 million dollarga xarid qilingan. Bu mazkur kinofranşiza bilan boğliq kimoşdi savdosida sotilgan eng qimmat buyum.

Qiliç filmlar turkumidagi eng maşhur sahnalardan birida namoyon bölgan.
Avvalroq, “Yulduzlar jangi”dan kimoşdi savdosida sotilgan eng qimmat buyum xuddi şu epizoddagi Lyuk Skayuokerning yoruğlik qiliçi edi. 2026 yil yozida u 3,75 million dollarga sotilgan.
Ma’lumot uçun, “Yulduzlar jangi” – 1970 yillar oxirida rejissyor Jorj Lukas tomonidan öylab topilgan va amalga oşirilgan, keyinçalik kengaytirilgan yagona fantastik olam doirasida yaratilgan 13 ta badiiy film, şuningdek, öyinli va animatsion seriallar, badiiy telefilmlar, hujjatli filmlar, kitoblar, komikslar, videoöyinlar, attraksionlar, öyinçoqlar va boşqa asarlarni öz içiga olgan maşhur va keng kölamli mediafranşiza hisoblanadi.
Eslatib ötamiz, avvalroq “Titanik” filmi suratga olinayotganda Rouz va Jekning xayrlaşuv sahnasida rekvizit vazifasini bajargan eşik auksionda 718 ming dollarga sotilgandi.
Live
Barchasi