YeI Rossiyaga qarshi sanksiyalarni rekord darajada kengaytirmoqchi

Jamiyat

−

image

Yevropa Ittifoqi Rossiyaga qarshi sanksiyalar ro‘yxatini o‘z tarixidagi eng yirik bir martalik kengaytirishni kelishib oldi. Unga birdaniga 1 646 ta yangi punkt qo‘shilmoqda. Bu haqda “Euronews” xabar berdi.

Qayd etilishicha, kecha, 7 oktyabr kuni Bryusselda YeI mamlakatlari elchilari tomonidan yakuniy rasmiylashtirilgan kelishuv Rossiyaning harbiy harakatlarini qo‘llab-quvvatlashda ayblanayotgan 743 nafar jismoniy shaxs va 826 ta kompaniya hamda tashkilotni o‘z ichiga oladi.

Alohida ravishda ro‘yxatga sentyabr oyida Davlat dumasi uchun o‘tkazilgan saylovlarda o‘z nomzodini qo‘ygan 77 nafar deputat ham kiritilgan.

“Sistema” surishtiruv loyihasi sanksiyalar ostiga harbiy-sanoat majmuasi tashkilotlari, shuningdek, ularning rahbarlari va xodimlari tushishini xabar qilgan. Tashkilotlarning bir qismiga nisbatan sanksiyalar birinchi marta joriy etilayotgani yo‘q, balki kengaytirilmoqda.

Jurnalistlarning bildirishicha, yangi sanksiyalar ro‘yxatidagi barcha tashkilotlar Rossiya Sanoat va savdo vazirligining mudofaa korxonalari yopiq ro‘yxatiga kiradi. Ushbu ro‘yxat 2025 yilda “Dose” markazi tomonidan e’lon qilingan.

Yangi sanksiyalar ro‘yxati joriy yilning 12 oktyabr kuni Lyuksemburgda YeI mamlakatlari Tashqi ishlar vazirlarining uchrashuvida tasdiqlanishi kutilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Yevropa Ittifoqi rossiyalik milliarderlar Alisher Usmonov va Mixail Fridmanni sanksiyalar ro‘yxatidan chiqarishga kelishgani haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing