Vinisius “Vilyarreal”ga qarshi o‘yinda qilgan ishi uchun uzr so‘radi

Sport

−

image

“Real Madrid” hujumchisi Vinisius Junior Ispaniya chempionatining sakkizinchi turida “Vilyarreal”ga qarshi uchrashuvda maydondan chetlatilganidan so‘ng jamoadoshlari va muxlislaridan uzr so‘radi. Bu haqda Vinisius o‘zining Instagram sahifasida yozib qoldirdi.

Madridda bo‘lib o‘tgan uchrashuvda mezbonlar 1:0 hisobida g‘alaba qozondi. Biroq o‘yinning 71-daqiqasida Vinisius raqib darvozasiga ikkinchi golni kiritdi, ammo videotakror ko‘rib chiqilganidan keyin gol bekor qilindi. Bunga braziliyalik futbolchining hujum boshida raqib yarim himoyachisi Natan Salibaning sochidan tortgani sabab bo‘ldi.

73-daqiqada esa “Real Madrid” hujumchisi to‘g‘ridan to‘g‘ri qizil kartochka bilan jazolandi. Shundan so‘ng, u hakamning qaroriga keskin norozilik bildirdi. Jamoadoshi Antonio Ryudiger Vinisiusni ushlab, uning hakamga yaqinlashishiga to‘sqinlik qildi.

“G‘alabalar davom etmoqda. Jamoam va muxlislardan uzr so‘rayman”, deb yozdi Vinisius.

Ma’lumot uchun, “Real Madrid” 18 ochko jamg‘argan holda Ispaniya chempionati turnir jadvalida uchinchi o‘rinda bormoqda. Madridliklar keyingi uchrashuvda joriy yilning 18 oktyabr kuni o‘z maydonida “Sevilya”ni qabul qiladi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing