O‘zbekistonliklarning buyraklarini pullagan ayol Polshada qo‘lga olindi
Olam
−
11 mart
10522Polsha politsiyasi inson organlari savdosi bilan shug‘ullanib kelgan 35 yoshli ukrainalik ayolni qo‘lga oldi. Bu haqda mamlakat prokuraturasi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, Polsha politsiyasi Interpol tomonidan qidirilayotgan ukrainalik ayolni qo‘lga olgan. U 2017 yil iyulidan 2019 yil yanvarigacha Qozog‘iston, Armaniston, Ozarbayjon, Qirg‘iziston, Tojikiston, Tailand va O‘zbekistonda inson buyraklarini noqonuniy ravishda sotib olib, ularni qora bozorga sotish bilan shug‘ullangan.
Qayd etilishicha, ukrainalik ayolni Qozog‘iston hukumati qidirgan, chunki u ushbu mamlakatda inson organlarini savdosi bilan shug‘ullanganligi va xalqaro jinoyat tashkilotiga a’zo bo‘lganligi sababli 12 yilga sirtdan ozodlikdan mahrum qilingan.
Polsha chegara nazorati o‘rnatilgan tekshiruvda ayolning xalqaro qidiruv bazalarida mavjudligi aniqlangan, shuningdek, Qozog‘istonning sud tizimi ishni Interpolga yo‘llagan.
Hozirda jinoyatchi ekstraditsiya qilinishi uchun sud qarori kutilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qirg‘izistonda inson a’zolarini xorijga noqonuniy sotish bilan shug‘ullangan jinoiy guruh a’zolari qo‘lga olingandi.
LiveBarchasi
Trenddagilar

