O‘zbekistonlik hakamlar Elit OCHL bahslarida ishlaydi

Sport

−

image

O‘zbekistonlik FIFA referisi Ahrol Risqullayev zaxira hakami sifatida faoliyat olib boradi. Bu haqda O‘zbekiston hakamlar markazi matbuot xizmati xabar berdi.

Risqullayev Elit Osiyo Chempionlar ligasining guruh bosqichi sharq mintaqasi 3-turi doirasida Janubiy Koreyaning “Gvangju” va Malayziyaning “Johor Darul Ta’zim” jamoalari o‘rtasidagi bahsda zaxira hakami sifatida qayd etildi.

Shuningdek, sharq mintaqasi 3-turi doirasida Xitoyning “Shanxay Shenxua” va Yaponiyaning “Kavasaki Frontale” klubi o‘zaro kuch sinashadi. Bu o‘yinda o‘zbekistonlik hakam Abdurashid Xudoyberganov videotakror hakamiga assistent sifatida ish olib boradi.

Ma’lumot uchun, “Gvangju” - “Johor Darul Ta’zim” o‘yini 22 oktyabr kuni bo‘lib o‘tsa, “Shangxay Shenxua” - “Kavasaki Frontale” bahsi 23 oktyabr kuniga belgilangan.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing