O‘zbekistonga yana 500 ming doza o‘zbek-xitoy vaksinasi olib kelindi
Jamiyat
−
19 may 2021 2852 1 daqiqa
Bugun, 19 may kuni 3-bosqich sinovlari O‘zbekistonda o‘tkazilgan, o‘zbek-xitoy olimlari hammuallifligidagi ZF-UZ-VAC2001 vaksinasining yana 500 ming dozasi olib kelindi. Bu haqda O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi Matbuot xizmati xabar bermoqda.

Kecha, 18 may kuni ushbu vaksinadan 1 million doza keltirilib, emlash jarayonlarida foydalanilayotgan ZF-UZ-VAC2001 miqdori 3 million dozaga yetgan edi.
Ma’lum qilinishicha, 1 apreldan 18 maygacha bo‘lgan muddatda O‘zbekistonda jami 1 million 412 ming 312 doza vaksinadan foydalanildi.
Ulardan 1-bosqichda emlanganlar 1 mln 125 995 nafarni, 2-bosqichda emlanganlar 286 317 nafarni tashkil qildi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonga “Sputnik V” vaksinasining navbatdagi partiyasi olib kelingan edi.
Live
Barchasi“Boysun do‘ppisi” patentlandi
16 sentabr
Ronald Kumanning ayoli 65 yoshida vafot etdi
16 sentabr