O‘zbekistonda umumxalq xayriya hashari o‘tkaziladi
Jamiyat
−
20 avgust 2024 7959 1 daqiqa
Joriy yilning 24−25 avgust kunlari O‘zbekistonda Mustaqillik bayrami arafasida umumxalq xayriya hashari bo‘lib o‘tadi. Bu haqda O‘zbekiston mahallalar uyushmasi xabar berdi.
Bildirilishicha, hashar “Mahalla obod – yurt obod” shiori ostida o‘tkaziladi. Undan ko‘zlangan maqsad mahallalar, aholi turar joylari, xiyobonlar, istirohat bog‘lari, ziyoratgohlar va qabristonlar va boshqa joylarni obodonlashtirishdan iborat.
Shuningdek, shu kunlari aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamiga yordam ko‘rsatiladi.
Ma’lumot uchun, ushbu sanalar mos ravishda shanba va yakshanbaga to‘g‘ri kelmoqda.
Live
Barchasi“Boysun do‘ppisi” patentlandi
16 sentabr
Ronald Kumanning ayoli 65 yoshida vafot etdi
16 sentabr