Özbekistonda korrupsiyaga aloqador 1,5 ming xodim işdan haydaldi
3-sahifa
−
20:52 686 1 daqiqa
Özbekistonda joriy yilning yanvar-oktyabr oylarida korrupsiyaga aloqador 1,5 ming xodim işdan olindi. Bu haqda Korrupsiyaga qarşi kuraşiş agentligi xabar berdi.
Qayd etilişiça, 2026 yilning yanvar-oktyabr oylarida korrupsiyaga qarşi içki nazorat bölinmalari tomonidan 5 368 ta xizmat tekşiruvi ötkazilgan. Ularning natijalari böyiça xodimlarga nisbatan 594 ta jinoiy, 160 ta ma’muriy va 4 604 ta intizomiy jazo çoralari qöllanilgan. 1 565 ta holatda mehnat şartnomalari bekor qilingan.
Şuningdek, davlat xaridlari sohasida 57,5 milliard sömlik 24 ta xaridda manfaatlar töqnaşuvi, 239,9 milliard sömlik 90 ta xaridda esa affillanganlik bilan boğliq qonunbuzilişlar aniqlanib, bartaraf etilgan.
Şuningdek, joriy yilning 10 oyida 18 970 ta ehtimoliy manfaatlar töqnaşuvining oldi olingan, 1 689 ta mavjud holat bartaraf etilgan. Qonunçilik talablarini buziş bilan boğliq 322 ta ma’muriy bayonnoma rasmiylaştirilgan. Bundan taşqari, Soğliqni saqlaş vazirligi tizimida davlat xaridlari va tibbiy jihozlar narxlarini qayta körib çiqiş orqali 247 milliard söm byudjet mablaği tejab qolingan.
Eslatib ötamiz, avvalroq Andijon viloyati Paxtaobod tumani hokimi örinbosari va Davlat kadastrlari palatasining tuman filiali mansabdori 30 ming dollar pora bilan uşlangani haqida xabar berilgan edi.
Live
Barchasi