O‘zbekistonda 6 oyda 700 ga yaqin 50 yoshdan oshgan ayol turmush qurdi
Jamiyat
−
13:41 818 1 daqiqa
O‘zbekistonda 2026 yilning yanvar-iyun oylarida 50 yoshdan oshgan 694 nafar ayol turmush qurdi. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi xabar berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekistonda 2026 yilning yanvar-iyun oylarida FHDYO organlarida 92,3 mingta nikoh qayd etilgan.
Qayd etilgan nikohlarda ayollarning yosh guruhlari bo‘yicha taqsimoti quyidagicha:
- 20 yoshgacha – 32 902 nafar;
- 20–30 yosh – 49 280 nafar;
- 31–40 yosh – 7 570 nafar;
- 41 yosh va undan kattalar – 2 562 nafar;
- Shundan, 50 yosh va undan kattalar – 694 nafar.
Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda 50 yosh va undan katta ayollar o‘rtasida 2025 yilda 1 478 ta, 2024 yilda 1 430 ta, 2023 yilda esa 1 427 ta nikoh qayd etilgan. 2022 yilda bu ko‘rsatkich 1 625 ta, 2021 yilda esa 1446 tani tashkil etgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq 40 yosh va undan katta ayollarda 6 446 ta tug‘ilish qayd etilgani haqida xabar berilgan edi. Shundan 8 nafari 50 yosh va undan katta bo‘lgan.
Live
Barchasi