Özbekiston va Ummon örtasida 30 kunlik vizasiz rejim joriy etiladi
O‘zbekiston
−
16:20 462 2 daqiqa
Özbekiston va Ummon Sultonligi örtasida 30 kunlik vizasiz rejim joriy etiladi. Bu haqda Taşqi işlar vazirligi xabar berdi.
Qayd etilişiça, joriy yil 17 noyabr kuni Özbekiston Respublikasi Prezidentining Ummonga amalga oşirgan davlat taşrifi çoğida Özbekiston Respublikasi Hukumati bilan Ummon Sultonligi Hukumati örtasida özaro vizadan ozod qiliş töğrisida bitim imzolangan. Hujjat Muqaddima va 14 ta moddadan iborat.
Bitim ikki davlat fuqarolariga amal qiliş muddati kamida 6 oy bölgan xorijga çiqiş biometrik pasporti böyiça bir-birining hududiga vizasiz kiriş, tranzit ötiş va undan çiqiş huquqini beradi.
Hujjatda quyidagi masalalar tartibga solinadi:
- har bir taşrifda 30 kungaça, bir kalendar yili davomida jami 180 kundan oşmaydigan muddatga vizasiz böliş;
- vizasiz rejim doimiy yaşaş, öqiş yoki mehnat ruxsatnomasini talab qiladigan faoliyat uçun tatbiq etilmaydi; belgilangan muddatdan ortiq böliş uçun qabul qiluvçi davlat qonunçiligiga muvofiq viza olinadi;
- fors-major holatlarida böliş muddatini bepul uzaytiriş tartibi;
- pasport yöqotilgan yoki şikastlangan taqdirda vaqtinçalik yöl hujjati beriş va vizasiz çiqiş tartibi;
- har bir tomonning nomaqbul deb topilgan şaxslarning kirişini rad etiş yoki böliş muddatini qisqartiriş huquqi.
Bildirilişiça, bitimning tuzilişi ikki davlat fuqarolarining özaro safarlarini sezilarli darajada yengillaştiradi, turizm, işbilarmonlik va madaniy-gumanitar aloqalarning rivojlanişiga xizmat qiladi.
Mazkur bitim tomonlar uning kuçga kirişi uçun zarur bölgan içki tartib-taomillarni bajarganliklari töğrisidagi sönggi xabarnomani olgan sanadan boşlab öttiz kun ötgaç kuçga kiradi.
Live
Barchasi