Kurs UZS

USD

12 973.31

12.93

EUR

14 329.02

176.29

RUB

151.19

-0.73

USAID sentyabrgacha to‘liq tugatiladi – “Reuters”

Olam

image

AQSH Xalqaro taraqqiyot agentligining (USAID) barcha xodimlari joriy yilning sentyabr oyigacha ishdan bo‘shatiladi, xorijdagi ofislar esa yopiladi. Bu haqda manbalarga tayanib, “Reuters” xabar berdi.

Nashrning yozishicha, agentlikning ikki sobiq yuqori martabali xodimi kecha, 1 aprel kuni USAID tugatilishini tasdiqlagan. Ularning so‘zlariga ko‘ra, Ilon Maskning xarajatlarni qisqartirish bo‘yicha jamoasi USAID’ni yopish jarayonini yakunlashga yaqin bo‘lib, minglab mahalliy xodimlar, shuningdek, AQSH diplomatlari va davlat xizmatchilarini ishdan bo‘shatish to‘g‘risida qaror chiqargan.

AQSH hukumati tarkibidagi Hukumat samaradorligini oshirish departamenti (DOGE) agentlikning qolgan shtatlarini ham tugatadi.

Manbalarning ma’lum qilishicha, avgust oyida 10 ming nafar xorijlik xodimga ishdan bo‘shatilish to‘g‘risida rasmiy xabar yuboriladi.

“Bu shubhasiz yakuniy yopilish”, deydi USAID’ning sobiq xodimlaridan biri.

Nashrning yozishicha, ishdan bo‘shatish to‘g‘risidagi bildirishnomalar xorijda USAID tashkilotlarida ishlayotgan AQSH diplomatlari va davlat xizmatchilariga ham yuboriladi.

“Reuters” Kongressning mustaqil tadqiqot xizmatiga tayanib yozishicha, USAID 60 dan ortiq mamlakatda vakolatxonaga ega bo‘lib, uning mablag‘lari asosan gumanitar yordam va tibbiyot dasturlariga yo‘naltirilgan.

USAID’dan eng yirik yordam oluvchi davlatlar:

  • Ukraina (harbiy mojaroda);
  • Kongo Demokratik Respublikasi;
  • AQSH ittifoqchisi Iordaniya;
  • Isroil tomonidan bosib olingan G‘arbiy Sohil va urushdan vayron bo‘lgan G‘azo sektori.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSH Davlat departamenti AQSH Xalqaro taraqqiyot agentligi tarqatib yuborilishini rasman ma’lum qilgan edi. USAID'ni qayta tashkil etish 1 iyulga qadar amalga oshiriladi. Uning funksiyalarining bir qismini Davlat departamenti o‘z zimmasiga oladi.


Maqola muallifi

Teglar

USAID AQSh Xalqaro taraqqiyot agentligi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing