AQSH USAID'ni yopishni rasman e’lon qildi
Olam
−
29 mart
3996AQSH Davlat departamenti AQSH Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) tarqatib yuborilishini rasman ma’lum qildi. Bu haqda “Reuters” хабар berdi.
Qayd etilishicha, USAID'ni qayta tashkil etish 1 iyulga qadar amalga oshiriladi. Uning funksiyalarining bir qismini Davlat departamenti o‘z zimmasiga oladi.
“To‘g‘ri ko‘rsatilgan xorijiy yordam milliy manfaatlarimizni ilgari surishi, chegaralarimizni himoya qilishi va asosiy ittifoqchilar bilan hamkorlik aloqalarini mustahkamlashi mumkin. Afsuski, USAID o‘zining dastlabki missiyasidan allaqachon chetga chiqqan. Natijada yutuqlar juda kichik, xarajatlar esa juda yuqori bo‘lib chiqdi”, deyiladi xabarda.
“Reuters“ ma’lumotlariga ko‘ra, Hukumat samaradorligi departamenti (DOGE) USAID xodimlariga qonunda ko‘zda tutilmagan barcha lavozimlar tugatilishini ma’lum qilgan. Tez orada agentlikning barcha xodimlari iyul-sentyabr oylarida ishdan bo‘shash taklifi bilan xat oladi.
DOGE bayonotida aytilishicha, Davlat departamenti bu davrda USAIDʼning qolgan hayotiy va strategik yordam dasturlarini o‘z zimmasiga oladi. Shu bilan birga, USAID xodimlari avtomatik ravishda Davlat departamentiga o‘tkazilmaydi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSHning Merilend shtati federal sudyasi Teodor Chuang ish materiallarini ko‘rib chiqqach, AQSH Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) faoliyatining to‘xtatilishi noqonuniy ekani haqida xulosa chiqargandi va agentlikning ishini tiklash bo‘yicha qaror qabul qilgandi. Oldinroq esa Davlat kotibi Marko Rubio USAID dasturlarining 80 foizdan ortig‘i yopilishini e’lon qilgan edi. Davlat kotibining so‘zlariga ko‘ra, USAIDʼni bekor qilish uchun Amerika Qo‘shma Shtatlari tomonidan 5 ming 200 dan ortiq shartnoma tuzilgan. Shuningdek, Davlat kotibi “uzoq vaqtdan beri kechikib ketgan tarixiy islohot”ga qo‘shgan hissasi uchun Ilon Mask tomonidan nazorat qilinadigan Hukumat samaradorligi idorasiga minnatdorlik bildirgan.
LiveBarchasi