Örnini sun’iy intellekt bosa olmagan xodimlar işga qaytarilmoqda
Olam
−
19:01 1661 3 daqiqa
Sun’iy intellekt sabab xodimlarini qisqartirgan ayrim kompaniyalar texnologiya kutilgan natijani bermagaç, ularni qayta işga qabul qilişga majbur bölmoqda. Bu haqda “Associated Press” xabar berdi.
Qayd etilişiça, bu jarayon mehnat bozorida “AI bumerang” nomini olgan. Microsoft, Barclays Bank va Kroger kabi yirik kompaniyalar joriy yilda sun’iy intellekt bilan boğliq sabablar tufayli iş örinlarini qisqartirgan. Bunda ayrim lavozimlar ortiqça deb topilgan, boşqalari esa yangi texnologiyalarga sarmoya kiritiş uçun xarajatlarni kamaytiriş maqsadida tugatilgan.
Biroq sun’iy intellekt modellari va avtomatlaştirilgan tizimlar kutilganidek işlamagaç, ayrim kompaniyalar avval işdan böşatilgan xodimlarni yana işga taklif qilmoqda. Robert Half rekruting kompaniyasi ma’lumotlariga köra, moliya, marketing, huquq va soğliqni saqlaş sohalaridagi iş beruvçilar sun’iy intellekt yoki avtomatlaştiriş sabab tugatilgan lavozimlar uçun qayta xodim yollagan.
Bunga asosiy sabablar sifatida texnologiyaga kutilganidan köproq inson nazorati zarurligi hamda sun’iy intellektning kompaniya içidagi tajriba va bilimlarni töliq özlaştira olmasligi körsatilgan.
Robert Half kompaniyasining katta hududiy prezidenti Bill Driskollning aytişiça, tanqidiy fikrlaş, hamkorlik, ijodkorlik va taşkilot faoliyatiga oid içki bilimlarni sun’iy intellekt bilan töliq almaştirib bölmaydi.
vetsiyaning Klarna tölov xizmati ham ötgan yili mijozlarga xizmat körsatiş böyiça inson xodimlarini qayta yollaşni boşlagan. Kompaniya rahbari Sebastyan Semiatkovskiy “Bloomberg News”ga bergan intervyusida xarajatlarni kamaytiriş uçun sun’iy intellekt çatbotiga haddan taşqari tayanilganini tan olgan.
Şuningdek, joriy yilning iyun oyida Ford kompaniyasi sifat nazorati uçun joriy etilgan sun’iy intellekt vositalari kutilgan darajada işlamagaç, 350 nafar tajribali muhandisni işga olgani yoki yuqori lavozimlarga kötarganini bildirgan.
Mutaxassislar kompaniyalar sun’iy intellektni joriy etişda xodimlarning rasmiy vazifalaridan taşqari bajaradigan işlarini ham hisobga olişi kerakligini ta’kidlamoqda. Xususan, insonlar mijozlarning hissiyotlarini anglaş, murakkab vaziyatlarga moslaşiş, jamoada işonçni şakllantiriş va noodatiy muammolarga yeçim topişda muhim örin tutadi.
Jorjtaun universiteti professori Bruks Xoltomning fikriça, mijozlarga xizmat körsatiş kabi sohalarda sun’iy intellekt murakkab şikoyatlar yoki hissiy vaziyatlarga duç kelganda inson xodimlar yordamiga muhtoj böladi.
Şu bilan birga, mutaxassislar sun’iy intellekt rivojlanayotgan şaroitda xodimlarga insonlar bilan muloqot, hissiy intellekt, mustaqil qaror qabul qiliş va ijodkorlik kabi könikmalarni rivojlantirişni tavsiya qilmoqda.
Işdan böşatilgan xodimlarga yana taklif bildirilganda esa iş haqi, kelajakdagi qisqartirişlar va sun’iy intellektning ularning lavozimiga ta’siri böyiça aniq şartlarni muhokama qiliş tavsiya etilgan. Şuningdek, qöşimça malaka oşiriş, lavozimda ösiş imkoniyatlari va mehnat şartnomasining kafolatlarini oldindan kelişib oliş muhimligi qayd etilgan.
Eslatib ötamiz, avvalroq Microsoft kompaniyasi xarajatlarni kamaytiriş va sun’iy intellektga yönaltirilayotgan katta investitsiyalarni moliyalaştiriş maqsadida 60 mingga yaqin xodimiga ixtiyoriy ravişda işdan ketiş taklifini berayotgani haqida xabar berilgan edi.
Live
Barchasi