Ukraina Qurolli kuçlari Qrim köprigiga zarba berdi
Olam
−
09:02 2366 2 daqiqa
Ukraina Qurolli kuçlari bugun, 17 noyabrga ötar keçasi Qrim köprigiga yana hujum qildi. Hodisa ortidan Qrim va Rossiyaning Krasnodar ölkasida raketa xavfi e’lon qilinib, köprikda avtomobillar harakati töxtatildi. Bu haqda RBK xabar berdi.
Qrim rahbari Sergey Aksyonov hujum haqida “Maks” messenjeridagi sahifasida ma’lum qilgan. U aholi va yarimorolga kelgan mehmonlarni köprik tomon yöl olmaslikka, safarlarini rejalaştirişda joriy çeklovlarni hisobga olişga çaqirgan.
“Duşman Qrim köprigiga zarba berdi. Şu munosabat bilan transport harakati taxminan kunning örtalarigaça çeklanadi”, deb yozgan u.
Aksyonov hujum oqibatida jabrlanganlar bor-yöqligini ma’lum qilmagan. Uning aytişiça, vaziyat böyiça qöşimça axborot beriladi.
Qrim köprigiga bir kun avval, keça, 16 noyabr kuni ertalab ham hujum qilingan. Dastlabki ma’lumotlarga köra, heç kim jabrlanmagan. Hujumdan keyin köprikdagi harakat 16 soatdan ortiq vaqtga töxtatilgan. Oqibatda Qrim va Sevastopol yönalişidagi törtta “Tavriya” yölovçi poyezdi keçikkan.
Avvalgi hujumdan keyin Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov Ukrainadagi mojaroni tinç yöl bilan hal qiliş böyiça muzokaralar davom ettirilişini bildirgan.
Eslatib ötamiz, avvalroq Rossiyaning Belgorod viloyatidagi Proletarskiy posyolkasida dron turar joyga hujum qilgan edi. Oqibatda bir oilaning uç a’zosi – erkak, uning rafiqasi va 24 yoşli qizi halok bölgan.
Live
BarchasiShavkat Mirziyoyev Ummonga bordi
16 Noyabr
Bangladeshda tikuvchilar ish tashlamoqda
16 Noyabr