O‘zbek bokschilari xalqaro musobaqadagi ishtirokini boshladi
Sport
−
08 May 2019 5103 1 daqiqa
Kecha 7 may kuni Rossiyada “Sankt-Peterburg Gubernatori kubogi” musobaqasidi o‘zbekistonlik bokschilar o‘z ishtiroklarini boshlashdi.
Turnirning ilk kunida uch nafar o‘zbek charm qo‘lqop ustasi ringga ko‘tarildi. Bokschilar ishtirokini -60 kg vazn toifasidagi Otabek Xolmatov boshlab berdi. U mavrikilik Damiyen Xelleneni 5:0 (30:27, 30:27, 30:27, 30:27, 30:27,) hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.
Shundan so‘ng -64 kg vazn toifasida Zoirjon Jumanazarov braziliyalik Oliveyra Vandersonga qarshi ringga chiqdi. Teng kurashlar ostida kechgan jangda hakamlar g‘alabani Vandersonga taqdim etishdi - 1:4 (28:29, 29:28, 28:29, 27:30, 28:29).
O‘zbekistonlik bokschilarning kechagi ishtirokini +91 kg vazn toifasidagi Obidjon Tohirov yakunlab berdi. U ozarbayjonlik Magomed Abdullayevga qarshi ringga ko‘tarildi. Qiziqarli kechgan jang yakunida hakamlar 3:2 (30:27, 30:27, 30:27, 28:29, 28:29) hisobidagi g‘alabani ozar bokschisiga berishdi. Rossiyalik uch hakam jangda Magomed, Mo‘g‘uliston va meksikalik hakamlar esa Obidjon g‘alaba qozonganini qayd etishgan.
Live
BarchasiZangiotadagi binoda yong‘in chiqdi
15 Noyabr
Sudan armiyasi nazoratni qayta tikladi
15 Noyabr
Qora dengizda dron kemaga hujum qildi
15 Noyabr