Turkiyada litseyga qurolli hujum uyushtirildi. Qurbon bor (video)
Olam
−
13:21 1140 2 daqiqa
Bugun, 22 sentyabr kuni Turkiyaning Manisa viloyati Turgutlu tumanidagi litsey oldida noma’lum shaxs qurol bilan atrofga tasodifiy o‘q uzdi. Hujum oqibatida bir o‘quvchi halok bo‘ldi, 8 kishi jabrlandi. Bu haqda “Sözcü“ xabar berdi.
Qayd etilishicha, voqea soat 08:00 atrofida Turgutlu tumanining “Albayrak” mahallasida joylashgan Inji Uzmez kasb-hunar va texnik Anado‘lu litseyi oldida sodir bo‘lgan.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, bir shaxs noma’lum sababga ko‘ra, maktab oldida qurol bilan atrofga o‘q uzgan.
Hujum vaqtida o‘quvchilarning yaralgani haqida “112” Favqulodda chaqiruv markaziga xabar kelib tushgan. Shundan so‘ng voqea joyiga ko‘plab politsiya xodimlari va tibbiyot guruhlari yuborilgan.
Ma’lum qilinishicha, gumonlanuvchi voqea joyidan piyoda qochib ketgan. Keyinchalik quroldan o‘q uzgan deb gumon qilingan shaxs xavfsizlik kuchlari tomonidan qo‘lga olinib, hibsga olingan. Jarohatlanganlar eng yaqin tibbiy muassasaga yetkazilgan.
Voqea joyida xavfsizlik choralari ko‘rilgan. Hodisa bo‘yicha sud va ma’muriy tergov boshlangan. Voqea tafsilotlari va tergov jarayoni haqida qo‘shimcha ma’lumotlar keyinroq jamoatchilikka yetkazilishi aytilgan.
“Turgutlu tumanidagi Inji Uzmez kasb-hunar va texnik Anado‘lu litseyiga yaqin hududda qurol bilan o‘q uzilgani haqida xabar kelib tushdi. Xabar ortidan voqea joyiga huquqni muhofaza qiluvchi organlar va tibbiyot xodimlari yuborildi. Xodimlarimizning hodisa yuzasidan ishlari davom etmoqda. Jamoatchilikka voqea rivoji haqida qo‘shimcha ma’lumot beriladi”, deyiladi Manisa viloyati hokimligi bayonotida.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq ham Turkiyaning Shonliurfa viloyati Siverek tumanida joylashgan litseyda qurolli hujum sodir bo‘lgandi.
Live
BarchasiPutin To‘qayev bilan ham telefonlashdi
21 sentabr
Qashqadaryoda 2300 yillik ossuariy topildi
21 sentabr