Toshkentda mayning bilan shug‘ullanganlar 2,1 mlrd so‘mlik tok o‘g‘irladi
3-sahifa
−
29 yanvar
3334Toshkent shahrida mayning bilan shug‘ullanib, 2,1 milliard so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganlar ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, yoqilg‘i-energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish holatlarini fosh etishga qaratilgan tadbirlar davom etmoqda.
Xususan, Toshkent shahri Mirzo Ulug‘bek tumanidagi “S.T.” MCHJ mansabdor shaxslari va boshqalar jamiyatga qarashli konteynerga 40 dona mayning qurilmalarini o‘rnatib, qonunga zid ravishda mayning faoliyati bilan shug‘ullanib kelishi oqibatida 2,1 mlrd so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan.
Mazkur holat yuzasidan jamiyat mansabdor shaxslari va boshqalarga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Samarqand viloyati Ishtixon tumanida 1,8 mlrd so‘mlik 2 mln kVt.soat elektr energiyasini o‘g‘irlagan mayning ferma fosh etilgan edi.