Toshkent aeroportida 1,3 mlrd so‘mlik tillani yuklari orasiga yashirgan shaxs ushlandi
3-sahifa
−
15:25 841 1 daqiqa
“Toshkent-AERO” ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksida qiymati 1,2 milliard so‘mdan ortiq zargarlik buyumlarini yashirincha olib o‘tish holati aniqlandi. Bu haqda bojxona kompleksi matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, “Dubay–Toshkent” yo‘nalishi orqali O‘zbekistonga kirib kelgan fuqaroning yuklari bojxona nazoratidan o‘tkazilganda, deklaratsiyada ko‘rsatilmagan zargarlik buyumlari va oltin quymalar aniqlangan. Xususan, yuklar orasidan sof og‘irligi 921,37 gramm bo‘lgan 141 dona zargarlik buyumlari hamda 3 dona oltin quymasi topilgan.
Ekspertiza natijalariga ko‘ra, aniqlangan zargarlik buyumlari va oltin quymalarning umumiy qiymati 1 milliard 293 million so‘mni tashkil etishi belgilangan. Bundan tashqari, fuqaroning yuklari orasidan 120 quti aksiz markalari bo‘lmagan tamaki hamda 90 dona nikotinli snyus mahsulotlari ham aniqlangan.
Bildirilishicha, hozirda jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Namangan aeroportida 5 nafar fuqaro 1,1 mlrd so‘mlik oltinni yashirincha Hindistonga olib chiqishga uringani aniqlangandi.
Live
Barchasi