Toshkent shahrida yashil hududlar saqlab qolinishi shart – Urbanizatsiya milliy qo‘mitasi
Jamiyat
−
19:24 428 2 daqiqa
Avvalroq, Toshkent shahridagi Milliy kutubxona ortida joylashgan yashil hudud o‘rnida atoturargoh qurilishi, jamoat parki rejalashtirilgan hududlar auksion savdosiga chiqarilishi haqida xabar berilgan edi. Ushbu holat bilan bilan bog‘liq masala esa keng muhokama qilinmoqda. Mazkur xabarlar yuzasidan Urbanizatsiya va uy-joy bozorini barqaror rivojlantirish milliy qo‘mitasi munosabat bildirdi.
Qo‘mitaga ko‘ra, shahar markazidagi mavjud yashil hududlarning kamayishi, aholining sayr qilishi va dam olishi uchun qulay jamoat joylari o‘rnida konstruktiv qurilishlar bo‘lishi mutlaqo maqsadga muvofiq emas. Avtoturargohlarni tashkil etishda ko‘kalamzor maydonlarning qisqarishiga hamda piyodalar uchun yaratilgan sharoitlarning yomonlashishiga yo‘l qo‘yilmasligi kerak.
Shuningdek, sotuvga chiqarilgani aytilayotgan «Navro‘z» bog‘iga tegishli ko‘chmas mulk ob’ektlaridan birining yer maydonida Vazirlar Mahkamasining 2026 yil 28 fevraldagi 83-son qaroriga ko‘ra, (Toshkent shahri Yunusobod tumani Matonat mahallasida 1,6 gektar) jamoat parki tashkil etish nazarda tutilgan. Bu hududda albatta, hukumat qaroriga muvofiq jamoat parki barpo etilishini ta’minlash zarur.
“Milliy qo‘mita Toshkent shahridagi mavjud yashil hududlarni qisqarishini oldini olish, jamoat parki uchun belgilangan hududni saqlab qolish, undan faqat belgilangan maqsadlarda foydalanish va aholi manfaatlarini ta’minlash shart, deb hisoblaydi”, deyiladi rasmiy munosabatda.
Eslatib o‘tamiz, Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi ortidagi 1,3 gektar hududda avtoturargoh tashkil rejalashtirilmoqda. Ushbu reja doirasida ur uchastkasini elektron auksionga chiqarish rejalashtirilmoqda. Ob’ektdan 10 yil muddatga foydalanish huquqini qo‘lga kiritadigan xususiy sherik belgilangan investitsiya majburiyatlarini bajarishi, shuningdek, hududni saqlash, obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirishni ta’minlashi lozim bo‘ladi. Davlat-xususiy sheriklik shartlariga muvofiq, avtoturargoh xizmatidan tushadigan mablag‘larning 20 foizi shahar byudjetiga yo‘naltiriladi.
Live
Barchasi