Toshkent metrosida yong‘in chiqdi (video)
3-sahifa
−
17 yanvar 2024 13661 1 daqiqa
Avvalroq, ijtimoiy tarmoqlarda “Kosmonavtlar” bekatida yong‘in chiqqani haqida xabar tarqaldi. Bunga “Toshkent metropoliteni” DUK munosabat bildirdi.
Ma’lum qilinishicha, 17 yanvar kuni soat 19:30 larda “Kosmonavtlar” metro bekatiga kirib kelgan 40-sonli harakat tarkibining vagon elektr qismida texnik nosozlik holati kuzatilgan. Shu boisdan yo‘lovchilar va harakat xavfsizligini ta’minlash maqsadida yo‘lovchilar bekatga tushirilgan hamda mashinist tomonidan belgilangan yo‘riqnomaga asosan tezkor chora-tadbirlar ko‘rilib, nosozlik bartaraf etilgan. Bu holat yo‘nalishdagi harakat jadvaliga hech qanday ta’sir ko‘rsatmagan.
"Toshkent metropoliteni" DUK keltirilgan noqulayliklar uchun yo‘lovchilardan uzr so‘ragan.
Live
Barchasi“Boysun do‘ppisi” patentlandi
16 sentabr
Ronald Kumanning ayoli 65 yoshida vafot etdi
16 sentabr