Tramp, Si va Putin dunyoni bölib olmoqçimi?

Tahlil

−

Reklama
0:00

“AQŞ va Xitoy dunyoning ikki superkuçi, uçinçisi yöq”

(Ilhom Aliyev)

1945 yil fevral oyi boşida Qrimdagi Yalta şahrida dunyoning eng qudratli uç davlati rahbarlari yiğilgan va butun dunyoning kelgusi taqdirini özaro hal qilib olgan edi. Mana oradan 80 yildan oşiqroq vaqt ötdi va yangi dunyo “titanlari” yana bir stol atrofida. Hammasi deyarli öşa-öşa, faqat eski tarkibdagi Buyuk Britaniya örnini bugun Xitoy Xalq Respublikasi egallagan. 

Joriy yilning 19 noyabr kuni Xitoyning Şençjen şahrida uç davlat rahbari – Donald Tramp, Si Szinpin va Vladimir Putin ilk bor bir stol atrofida uçraşdi. 2026 yilgi APEC sammiti bahonasida bölib ötayotgan uçraşuvga Xitoy mezbonlik qilmoqda. Har bir davlat rahbarining hal qilişi kerak bölgan öz muammosi, aytmoqçi bölgan gapi bor. Şarqiy Yevropadagi uruşni tugatiş masalasini muhokama qiliş bilan boşlanib, rasmiy minbarlarda xalqaro xavfsizlik, savdo va iqtisodiy aloqalar haqida munozaralar bölişi aytilgan uçraşuv kutilganidan köra köproq mavzularni qamrab oldi deyiş mumkin.

Xöş, Şençjendagi uçraşuv dunyoni qayta taqsimlaşga olib kelişi mumkinmi?

Uçraşuvgaça

Uç tomonlama uçraşuv ğoyasi Vaşington yoki Pekindan çiqmadi. 9 oktyabr kuni Vladimir Putin Donald Tramp bilan telefon orqali suhbatlaşganida ilk bor dunyoning yangi “superqudratlari” örtasida kengaş ötkazişni taklif qilgan. “The Wall Street Journal” naşrining yozişiça, Putin bu formatda, avvalo, Ukrainadagi uruşni tugatiş masalasini muhokama qilmoqçiligini aytgan. Tramp ham taklifni ma’qullagan. U 8 noyabr kuni “CBS” telekanaliga bergan intervyusida AQŞ prezidenti Ukraina çegaralarini özgartirib bölsa-da, uruşni töxtatişni istayotganini ma’lum qilgan edi.

“Menimça, biz bunga erişamiz, yakunda Ukraina biroz boşqaça şaklga ega böladi. Qarang, agar men prezident bölganimda, bu uruş boşlanmagan bölardi”, degan Tramp.

13 noyabr kuni Oq uy uçraşuv 19 noyabr kuni bölib ötişini e’lon qilgandi. Ertasi kuni Kreml ham bu xabarni tasdiqladi. Pekin esa uç kun sukut saqladi va faqat 16 noyabr kuni Xitoy Taşqi işlar vazirligi uçraşuv bölişini ma’lum qildi. Biroq muzokaralarning kun tartibi oçiqlanmagan edi.

AQŞ rasmiylari uçraşuv yakunida biror kelişuvga erişilişini kutmayotganini bildirgan. Şunga qaramay, har uçala yetakçining muzokaralardan közlagan maqsadlari bor. Qiziği, mezbon Si Szinpin bu uçraşuvdan eng köp xavotir olayotgan rahbar bölişi mumkin.

Tarmoqlarda uçraşuvni 1945 yildagi Yalta konferensiyasiga qiyoslay boşlaşdi. Negaki, öşa konferensiyada AQŞ, Buyuk Britaniya va Sovet Ittifoqi rahbarlari uruşdan keyingi Yevropa tartibini muhokama qilgan edi. Bu safargi uçraşuv ham uç yirik davlatning kiçikroq mamlakatlar manfaatlarini çetlab ötib, xalqaro tartibni özaro kelişib olişiga zamin yaratişi mumkinligi haqida xavotirlar uyğotdi. Kreml matbuot kotibi Dmitriy Peskov esa bunday qiyoslarni rad etib, Şençjendagi ehtimoliy kelişuvlar boşqa davlatlarga majburan tatbiq etilmasligini aytdi. Putin ham uç tomonlama yiğinni mavjud xavflarni bartaraf etişni közlagan muloqot sifatida ta’rifladi.

“Harbiy-siyosiy xavflar kuçayib borayotgan bir paytda, böliniş emas, balki birlik... va ultimatumlar emas, balki muloqot juda zarur”, dedi Putin.

Şunga qaramay, el oğziga elak tutib bölmaydi. Dunyoning eng qudratli uç davlati yiğilar ekan, buni oddiy forum yoki sammit deb qabul qiliş qiyin. Uçraşuvdan bir neça kun avval Germaniyaning “Bild” naşri Rossiya Finlyandiyaning NATO a’zoligidan çiqişini istayotgani haqida xabar berdi.

Yalta sammitida Stalin ikki kapitalistik davlat orasida qolgan edi. Bu gal esa Xitoy va Rossiya rahbarlari asosiy uçraşuv oldidan alohida suhbatlaşib olgani köpçilikning e’tiborini tortdi. 18 noyabr kuni Si Szinpin va Vladimir Putin örtasidagi muzokaralarda ikki davlatning döstligi va mafkuraviy yaqinligi jimjimador sözlar bilan takrorlandi. “South China Morning Post” naşrining yozişiça, Si Szinpin Rossiya –Xitoy munosabatlarini şamol va yomğir ostida ham mustahkam turadigan toqqa qiyoslagan. Putin ham öz navbatida, murakkab xalqaro vaziyatga qaramay, ikki davlat örtasidagi siyosiy hamkorlik konstruktiv tarzda rivojlanayotganini ta’kidlagan.

Muzokaralar boşida Rossiya prezidenti Moskva va Pekin yanada adolatli köp qutbli dunyo tartibini şakllantiriş böyiça konstruktiv yondaşuvga amal qilayotganini bildirgan. Ikki mamlakatning umumiy maqsadi – Osiyo-Tinç okeani mintaqasining farovonligini ta’minlaş ekani qayd etilgan. Si esa öz tomonidan Rossiya va Xitoy “dadil olğa borişi”, şuningdek, “köp qutbli dunyo şakllanişiga va xalqaro munosabatlarning demokratlaşuviga kömaklaşişi” zarurligini urğulagan.

Şunday qilib, garçi Rossiya va Xitoy rahbarlari örtasidagi suhbat asosiy uçraşuvdan avvalroq ötkazilişi oldindan ma’lum bölgan bölsa-da, tarmoqlarda bu Pekinning Rossiyaga nisbatan yon bosişi va mafkuraviy yaqin hukumatlar örtasidagi iliq munosabat sifatida talqin qilindi. 

Keyingi kun esa Tramp va Putin ham Şençjenda alohida muzokara ötkazdi. Bu 2025 yil avgust oyida Alyaskaning Ankorij şahridagi uçraşuvidan keyingi ilk yuzma-yuz muloqot böldi. Ma’lumotlarga köra, uçraşuvda Trampga davlat kotibi Marko Rubio va moliya vaziri Skott Bessent, Putinga esa taşqi işlar vaziri Sergey Lavrov va boşqa Rossiya rasmiylari hamrohlik qilgan.

Uçraşuvda Tramp Putin bilan aloqalari yaxşi ekanligi va muzokaralardan aniq bir natija kutayotganini ma’lum qildi.

“Biz köp yillardan beri yaxşi munosabatdamiz. Bir-birimizni ançadan beri taniymiz. Bu uçraşuvdan köplab yaxşi natijalar çiqişi yoki heç bölmaganda ular boşlanişi mumkin”, dedi Tramp.

Muzokaraning asosiy mavzusi – Ukraina uruşi bölgan. Rossiyaning TASS agentligi ikki prezident aynan şu masalani muhokama qilganini xabar qilgan bölsa, “AP News” naşri uçraşuvdan oldin Trampning Ukrainadagi uruşni tugatiş va yadroviy qurollarni çeklaş masalalarini kötariş niyatida bölganini yozgan.

Putinning uçraşuvdan “a’lo kayfiyatda” çiqqani ham TASS xabarida alohida qayd etilgan. Şunga qaramay, muammolarni hal qiliş masalasida qandaydir siljiş bölgani aytilmagan. Bu esa Trampning Ukraina manfaatlarini çetga surib bölsa-da, uruşni tugatişga urinişi haqidagi fikrlarni yana kun tartibiga çiqardi.

Ukraina prezidenti esa uçraşuvdan umidi katta ekanligini, Tramp va Si birgalikda Putinni töxtatişga qodirligini ta’kidlagan. Uning fikriça, AQŞ va Xitoy Rossiyaga qarşi sanksiyalar joriy etsa yoki bunday çoralar bilan tahdid qilsa, Moskva uruşni töxtatişga majbur böladi.

“Ular bitta uçraşuvning özida Putinni töxtatiş uçun yetarli kuçga ega”, deya javob bergan Ukraina rahbari.

Keyinroq Tramp va Si ham alohida muzokaralar olib bordi. Bu uçraşuvda ham munosabatlar a’lo darajada ekanligiga alohida töxtaldi. Uçraşuv boşida Si AQŞ va Xitoy munosabatlari “barqaror va yaxşilangan” holatda ekanini ta’kidladi. “CBS News” ma’lumotlariga köra, ikki tomonlama suhbatda savdo va boj tariflari, qişloq xöjaligi hamda yadroviy xavfsizlik masalalariga alohida e’tibor berilgan. Tramp Xitoyning Amerika qişloq xöjaligi mahsulotlariga “töymas iştahasi” borligini aytib, Pekindan xaridlarni yanada oşirişni söraşini bildirdi.

“Kattalarning katta muammolari”

Dunyoning eng qudratli uç davlati rahbarlari bir stol atrofida ötirsa, kun tartibida oddiy masalalar bölmasligi aniq. Köpçilik uçraşuvning asosiy masalalari Ukraina va Erondagi uruşlar bölişini kutgan edi. Ammo janob Trampni boşqa masalalar köproq xavotirga solayotgan körinadi. U uçun asosiy muammolardan biri – yadro qurollari edi. AQŞ, Xitoy va Rossiya birgalikda dunyodagi yadro kallaklarining qariyb 90 foiziga egalik qiladi.

 

Önlab yillar davomida xalqaro şartnomalar AQŞ va Rossiyaning strategik yadroviy arsenallarini çeklab kelgan. Ular orasidagi sönggi yirik kelişuv – New START şartnomasi 2026 yil 5 fevralda öz kuçini yöqotgandi. Moskva şartnoma doirasidagi çeklovlarga yana bir yil amal qilişni taklif qilgan, biroq Tramp bu taklifni rad etgan. Nega? Çunki AQŞ prezidenti yangi kelişuvga Xitoyni ham jalb qilişni istamoqda. Uning Xitoyni muzokaralarga qöşiş istagi Pekinning yadroviy salohiyati bilan boğliq. AQŞ va Rossiyaning har birida 5 mingdan ortiq yadro kallagi mavjud bölsa, Xitoyda ularning soni taxminan 600 tani taşkil etadi, xolos. Bu uç davlat orasidagi eng kam körsatkiç, biroq Xitoy arsenali eng tez sur’atlarda kengayib bormoqda.

Putin esa qurol nazorati böyiça avvalgi kelişuvlarning barbod bölişida Vaşingtonni ayblab keladi. Uning ta’kidlaşiça, bu şartnomalardan turli bahonalar bilan aynan AQŞ çiqqan.

“2019 yil 2 avgust kuni Amerika Qöşma Ştatlari bir tomonlama tartibda, öylab topilgan bahona bilan, örta va qisqa masofali raketalarni yöq qiliş töğrisidagi şartnomadan çiqdi va şu tariqa qurol nazorati sohasidagi asosiy hujjatlardan birini amalda barbod qildi. Uşbu qadamni taşlaş orqali AQŞ dunyoning turli mintaqalarida mazkur sinfdagi raketalarni nazoratsiz joylaştirişga yöl oçib berdi”, degan edi u.

Pekin esa hozirgi bosqiçda Xitoyni uç tomonlama yadroviy qurolsizlaniş muzokaralariga jalb etişni adolatli, oqilona yoki amaliy jihatdan asosli deb hisoblamasligini bildirgan. Si Szinpin yirik davlatlar örtasidagi hamkorlik xalqaro barqarorlikning muhim şarti ekanini ta’kidladi. “Tarix – eng yaxşi darslik”, dedi u va davlatlarni ötmişdan saboq olib, kelajakni şakllantirişga çaqirdi.

Putin ham yadroviy xavfsizlik masalasini kengroq xalqaro mas’uliyat bilan boğladi. Uning fikriça, Ikkinçi jahon uruşida ğalaba qozongan davlatlar sifatida AQŞ, Rossiya va Xitoy xalqaro tinçlikni saqlaşda alohida javobgarlikka ega.

Biroq yadro qurollari masalasidagi umumiy çaqiriqlar hali aniq bir kelişuv tuzildi degani emas. Uçraşuvdan söng yangi şartnoma, qurollarni qisqartiriş böyiça raqamlar, muddatlar yoki muzokaralarning keyingi bosqiçi e’lon qilinmadi. Ya’ni uç davlat yadroviy xavfni kamaytiriş zarurligini tan oldi, xolos, ammo bunga qanday erişiş borasida hozirça mexanizm işlab çiqilmagan.

Tramp Eron masalasini ham muhokama qilişni istaydi. Ha, AQŞ rahbari Yaqin Şarqda keçayotgan inqirozli vaziyatni hal qiliş uçun yordam söramasligini aniq-tiniq qilib bir neça bor takrorladi. Ammo mojaroning bugungi kölami va ta’sir doirasining nihoyatda kengayib ketgani uşbu mavzuni baribir kun tartibiga qaytardi.

Tramp özining eski da’vosini takrorladi. U Tehronning yadro quroliga ega bölişiga yöl qöyilmasligini qat’iy bildirdi. AQŞ prezidenti, şuningdek, Xitoy bilan Hormuz böğozi orqali neft yetkazib beriş uzluksiz davom etişi borasida umumiy manfaat mavjudligini aytdi.

“Qöşma Ştatlar ham, Xitoy ham energiyaning Hormuz böğozi orqali oqib ötişini va Eron yadroviy qurolga ega böla olmasligini ta’minlaşdan manfaatdor”, dedi Tramp.

Bu böğoz Yaqin Şarq neftini jahon bozoriga olib çiqadigan eng muhim dengiz yöllaridan biri bölib, Eron atrofidagi uruş sababli uning faoliyati izdan çiqqani global energetika xavfsizligiga bevosita ta’sir körsatmoqda.

Pekin Eron bilan iqtisodiy va siyosiy aloqalarga ega, Rossiya ham Tehron bilan hamkorlik qiladi. Vaşington esa Eronning yadroviy salohiyatini çeklaş bahonasi bilan unga turli sanksiyalar va savdo qilişiga turli tösiqlar yaratib kelmoqda. Aynan şu jihatdan, uç davlatning bu masaladagi manfaatlari bir xil emas. Trampning bayonotlari muzokaralarda Eron mavzusi kötarilganini körsatsa-da, yakuniy deklaratsiyada Tehron yoki uruşni tugatiş böyiça aniq kelişuv qayd etilmagan.

Muzokaralarning yana bir asosiy mavzusi – Ukraina uruşi böldi. Putin uç davlatning mintaqaviy mojarolarni, jumladan Ukrainadagi uruşni hal qiliş borasida umumiy manfaatlari mavjudligini bildirgan.

“Mamlakatlarimizning mintaqaviy mojarolarni, jumladan, albatta, Ukrainadagi mojaroni ham tartibga soliş borasida özaro mos keluvçi köplab manfaatlari mavjud. Bu haqda keça Xitoy Xalq Respublikasi Raisi bilan ham gaplaşgan edik, bugun esa Amerika Qöşma Ştatlari Prezidentining taşabbusi bilan ikki tomonlama uçraşuvda bunga köp e’tibor qaratdik”, deya qöşimça qilgan u.

Tramp esa bu masalani yetarliça muhokama qilganini va hamma uruşni tugatişni istayotganini, bu esa biror “siljişga” sabab bölişini aytgan.

Ammo Si Szinpinning nutqida Ukraina uruşi bevosita tilga olinmadi. U “yirik davlatlar hamjihatlikda yaşasa, dunyoda tinçlik böladi, ular töqnaşsa, dunyo tartibsizlikka yuz tutadi”, degan mazmundagi fikrni bildirdi, xolos. Bu bayonot Pekinning mojaro böyiça aniq pozitsiya bildirişdan köra, umumiy diplomatik tamoyillarni ilgari surişiga öxşatildi.

Eng muhim jihati şundaki, Ukraina taqdiri muhokama qilingan uçraşuvda Ukrainaning özi iştirok etmadi. Kiyev bilan bir qatorda uruşga bevosita daxldor Yevropaning yetakçi davlatlari ham muzokaralar stolida bölmadi. Bu esa xalqaro munosabatlarda katta davlatlar özaro kelişib, boşqa mamlakatlarning xavfsizlik manfaatlarini çetlab ötişi mumkinligi haqidagi xavotirlarni kuçaytiradi. Bunga Zelenskiy ham öz pozitsiyasini şaxsiy Telegram-kanalida bildirdi.

“Ukraina masalalari Ukrainaning iştiroki bilan, Yevropa masalalari esa Yevropaning iştiroki bilan hal qilinişi kerak”, deb yozgan u.

Qaysidir ma’noda muzokaralarning asosiy taşkillaştiruvçisi bölgan Vladimir Putin uçun bu masala nihoyatda muhim. Negaki, uruş Rossiyada ham bir olam muammolarni vujudga keltirişga ulgurdi. Ukraina taqdirini bevosita Tramp bilan birga muzokara qiliş esa Moskvaga yakuniy natija borasida qator yengilliklar va yon bosişlar olib kelişi mumkin. Har holda, AQŞ vakillari bosib olingan Ukraina yerlarining Rossiya tarkibida qolişiga qarşilik qilmayapti.

10–11 noyabr kunlari Abu-Dabida Rossiya va Ukraina muzokaraçilari Trampning maxsus vakillari Stiv Uitkoff va Jared Kuşner iştirokida uçraşgan edi. 13 noyabr kuni Germaniyaning “Bild” gazetasi muzokaralar atrofida muhokama qilingan Rossiya takliflari röyxatini e’lon qilgan edi.

Naşr xabariga köra, Rossiya egallab turgan hududlarini özida saqlab qolişi va butun Donbass ustidan nazoratni qölga kiritişi mumkinligi taklif qilingan. Odessa va Nikolayev portlarini demilitarizatsiya qiliş, NATOning Estoniya, Latviya va Litvada harbiy bazalar joylaştirmasligi, 2023 yilda NATOga qöşilgan Finlyandiyaning esa avvalgi maqomiga qaytişi ham röyxatda qayd etilgan edi. Buning evaziga Rossiya Belarus hududidagi yadro qurollarini olib çiqişi mumkinligi aytilgan. Biroq naşr Putin uşbu bandlarning barçasini şaxsan qöllab-quvvatlayaptimi yoki yöqmi, aniq emasligini yozgan. Kreml esa bunday şartlar ilgari surilmaganini bildirgan.

Şu sababli Yevropada “Yalta” sözi qayta-qayta tilga olinmoqda. 1945 yil fevral oyida AQŞ prezidenti Franklin Ruzvelt, Buyuk Britaniya boş vaziri Uinston Çerçill va Sovet Ittifoqi rahbari Iosif Stalin Qrimdagi Yalta yaqinida joylaşgan Livadiya saroyida uçraşgan edi. Ular Germaniyani okkupatsiya zonalariga böliş, Birlaşgan Millatlar Taşkilotini taşkil etiş va faşistlar Germaniyasidan ozod qilingan Yevropa mamlakatlarida erkin saylovlar ötkaziş masalalarini muhokama qilgan. Şu bois Yalta konferensiyasi bugun yirik davlatlar kiçikroq mamlakatlar taqdirini ularning iştirokisiz hal qilişi ramziga aylangan.

Xitoy esa Ukrainadagi uruşni Yevropa mojarosi deb hisoblaydi. Germaniya prezidenti Si bilan suhbatda yevropaliklar ham muzokaralar stolida bölişi kerakligini aytganini bildirgan. Xitoyning eng yirik savdo hamkorlaridan biri bölgan Yevropa esa yangi “Yalta” ehtimolidan xavotirda.

Uç tomonlama muzokaralarda energetika, oziq-ovqat xavfsizligi va global iqtisodiy aloqalar ham muhokama qilindi. Putin uç davlat örtasida global va mintaqaviy iqtisodiy munosabatlarni rivojlantiriş, oziq-ovqat hamda energetika xavfsizligini ta’minlaş masalalariga e’tibor qaratişni taklif etdi. Tramp va Si Szinpinning alohida uçraşuvida esa savdo, qişloq xöjaligi mahsulotlari va Hormuz böğozi orqali neft taşiş masalalari kötarildi.

“A’zaga kelgan xotin öz dardini aytib yiğlar” deganlaridek, Tramp ham yana bir masalani – Xalqaro jinoiy sud vakolatlarini çeklaş va davlat suverenitetini himoya qiliş borasidagi taklifni ilgari surdi. U uşbu masala böyiça Xitoy hamda Rossiya bilan hamkorlik qilişni xohlamoqda. Uning fikriça, xalqaro taşkilotlar davlatlarning suveren huquqlariga aralaşmasligi kerak.

Tramp va Xalqaro jinoiy sud örtasidagi kelişmovçilikning markazida esa bitta masala, xalqaro sud AQŞ va uning ittifoqçisi Isroil harbiylari hamda siyosiy rahbarlarini tekşirişi va javobgarlikka tortişi turibdi. Taşkilot ötgan davr mobaynida Isroil rahbarlarini, jumladan Boş vazir Binyamin Netanyaxuni bir neça bor uruş jinoyatlarini sodir etişda ayblab keladi. Hatto 2024 yil noyabrida Xalqaro jinoyat sudi (XJS) Isroil boş vaziri Binyamin Netanyahu va sobiq mudofaa vaziri Yoav Galantni hibsga olişga order bergan.

Qiziq tomoni, Trampning bu taklifi töğri nuqtada yangradi. AQŞ, Rossiya va Xitoy Xalqaro jinoyat sudining Rim statutiga a’zo emas. Putin esa hatto sud tomonidan hibsga oliş orderi çiqarilgan davlat rahbari hisoblanadi. Şu sababli xalqaro sudlarning vakolatlari va mansabdor şaxslar immuniteti masalasi uç davlat uçun umumiy siyosiy manfaat nuqtasiga aylanişi mumkin.

Uçraşuv yakunida Xitoy davlat axborot agentligi Xinhua va Kreml uç davlat rahbarlari nomidan “Tinçlik deklaratsiyasi” deb atalgan hujjatni e’lon qildi. Unda yadroviy uruş heç qaçon olib borilmasligi kerakligi, BMT islohotlarini ilgari suriş, neft mahsulotlari yetkazib berilişini köpaytiriş va xalqaro sudlarda davlat mansabdor şaxslarining immunitetini hurmat qiliş kabi masalalar qayd etilgan. Ammo AQŞ tomonidan hujjatning alohida rasmiy nusxasi e’lon qilinmadi, uçala prezident ham uçraşuvdan söng jurnalistlar oldida qöşma bayonot bermadi.

Yana bir muhim jihati, uşbu Tinçlik deklaratsiyasida öşa tinçlikka muhtoj bölgan Ukraina va Eron tilga olinmagan.

Xullas, Şençjendagi uçraşuv ajoyib dabdaba, ulkan şov-şuvlar va deyarli heç qanday amaliy natijasiz yakunlandi. Töğri, aslida ham uçraşuvdan maqsad umumiy mavzularni muhokama qiliş edi, bir uçraşuvning özidan dunyo taqdirini hal qilib yuboruvçi natijalarni kutiş kerak emas. Hali muammolarning yeçimlari kelgusida işlab çiqilişi, muhokamada bölgan mavzular yana kun tartibiga qaytişi mumkin. Ammo bir narsa aniqki, uşbu uç “titan”ning yopiq eşiklar ortida qilgan qarorlari hali kelgusidagi dunyo siyosatiga jiddiy ta’sir qiladi.

 


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing