“Tashkent city” hududidagi binoning 15-qavatidan odam qulab tushdimi?
3-sahifa
−
28 Yanvar 2024 21079 1 daqiqa
Bugun ijtimoiy tarmoqlarda "Tashkent city" hududidagi binoning 15 qavatidan bir inson qulab tushgani aytilmoqda" sarlavhasi ostida xabar tarqaldi. Holat yuzasidan Favqulodda vaziyatlar vazirligi rasmiy munosabat bildirdi.
Bugun, 28 yanvar kuni FVV Maxsus vazifalar bo‘yicha respublika qutqaruv markazi shaxsiy tarkibi tomonidan tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda favqulodda vaziyatlarning oldini olish, yong‘in xavfsizligini ta’minlash va sodir bo‘lganda to‘g‘ri harakat qilish bo‘yicha rejaviy maxsus-taktik o‘quv mashqi o‘tkazilgan.
“Unda jabrlanganlarni xavfsiz joyga olib chiqish, birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish hamda yong‘inlar va avariya oqibatlarini bartaraf etish bo‘yicha amaliy harakatlar bajarilib, xodimlar bilim va ko‘nikmalari mustahkamlandi. Maxsus-taktik o‘quv mashqi davomida hech kim jabrlangani yo‘q”, deyiladi xabarda.
Live
BarchasiOhangaronda o‘qituvchi o‘quvchini kaltakladi
22 Oktyabr
Avstraliyada kuchli yomg‘ir yog‘di
22 Oktyabr
Gretsiyada ham talabalar namoyish boshladi
22 Oktyabr