Surxondaryoda tosh ko‘chishi oqibatida yo‘l to‘silib qoldi
Jamiyat
−
13:50 766 1 daqiqa
Surxondaryo viloyatining Uzun tumanida avtomobil yo‘liga tog‘ jinslari ko‘chib tushdi. Hodisa oqibatida jabrlanganlar va transport vositalariga zarar yetgani qayd etilmagan. Bu haqda viloyat hokimligi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, bugun, 24 oktyabr kuni soat 03:30 atrofida tuman hududidan o‘tuvchi 75V040 avtomobil yo‘lining 21–22-kilometrlari oralig‘ida tog‘ jinslari ko‘chishi sodir bo‘lgan.
Hodisa joyiga tuman Favqulodda vaziyatlar bo‘limi xodimlari, Yo‘llardan foydalanish davlat muassasasi ishchilari va maxsus texnikalar jalb etilgan. Tezkor choralar natijasida soat 07:30 ga qadar yo‘l tog‘ jinslaridan to‘liq tozalangan.
Hozirda yo‘lning qatnov qismi to‘liq ochilgan va transport vositalarining harakati tiklangan.
Mas’ullar haydovchilarni tog‘li hududlarda harakatlanishda ehtiyotkor bo‘lishga, yo‘l belgilari hamda xavfsizlik talablariga qat’iy rioya qilishga chaqirgan.
Live
Barchasi