Surxondaryoda qo‘shnisining Spark’ini haydagan 5-sinf o‘quvchisi aniqlandi (video)
3-sahifa
−
13:16 728 1 daqiqa
Surxondaryo viloyatining Jarqo‘rg‘on tumanida 5-sinf o‘quvchisi qo‘shnisiga tegishli Spark avtomobilini boshqargani aniqlandi. Bu haqda viloyat Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, Jarqo‘rg‘on tumanidagi 19-maktabning 5-sinfida tahsil oluvchi o‘quvchi qo‘shnisiga tegishli Spark avtomobilini boshqarib, jarayonni videoga olgan va ijtimoiy tarmoqlarga joylagan. Holat internetda keng muhokamalarga sabab bo‘lgan.
Shundan so‘ng, viloyat YHXB mutaxassislari voyaga yetmagan o‘quvchi va uning onasi bilan profilaktik suhbat o‘tkazib, qonuniy choralar ko‘rgan.
Onaning aytishicha, u o‘g‘lining mashina boshqarganidan xabardor bo‘lmagan. Uning bildirishicha, o‘g‘li avtomobil boshqarishga qiziqqan va o‘zidan katta bolalarga havas qilgan.
Ayol o‘g‘lining kelajakda bilimli bo‘lishini istashini, uni ingliz tili va matematika to‘garaklariga qatnatayotganini bildirgan. Shuningdek, bundan keyin farzandining tarbiyasi bilan yanada jiddiy shug‘ullanishini aytgan.
O‘quvchi esa Spark avtomobilini boshqarganidan afsusda ekanini bildirib, kelgusida bunday ishni takrorlamaslikka va’da berdi. U yo‘l harakati qoidalarini bilmaganini aytib, tengdoshlarini ham bunday harakatlardan tiyilishga chaqirgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Surxondaryo viloyatining Termiz tumanida 2010 yilda tug‘ilgan maktab o‘quvchisi onasining Cobalt mashinasi bilan yo‘l-transport hodisasiga uchragani haqida xabar berilgan edi.
Live
BarchasiJizzaxda 10 yoshli qiz zo‘rlandi
06 Oktyabr