Superligada peshqadam o‘zgardi

Sport

−

image

Kecha, 9 oktyabr kuni O‘zbekiston Superligasining 23-turi doirasida Toshkent derbisi bo‘lib o‘tdi. Unda “Paxtakor” “Bunyodkor”ni 3:1 hisobida mag‘lub etib, turnir jadvalida “Neftchi”ni ortda qoldirdi.

“Paxtakor” stadionida o‘tgan uchrashuvda dastlab Zoid Tahsin 42-daqiqada hisobni ochdi. 62-daqiqada Sardor Abdunabiyev muvozanatni tikladi. 73-daqiqada zaxiradan maydonga tushgan Dostonbek Hamdamov “Paxtakor”ni yana oldinga olib chiqdi. Bahsning 90+2-daqiqasida Chinedu yakuniy hisobni o‘rnatdi – 3:1.

Shu tariqa, chempionat yakuniga yetti tur qolgan bir paytda “Paxtakor” uzoq vaqtdan beri peshqadamlik qilib kelayotgan “Neftchi”ni turnir jadvalida ortda qoldirdi.

Ushbu g‘alabadan so‘ng “Paxtakor” ochkolari sonini 52 taga yetkazib, Superligada peshqadamga aylandi. Farg‘onaning “Neftchi” jamoasi ham 52 ochko bilan ikkinchi o‘rinda bormoqda. Namanganning “Navbahor” klubi esa 44 ochko bilan kuchli uchlikni band etgan.

Ma’lumot uchun, keyingi turda “Paxtakor” vodiyda “Navbahor” mehmoni bo‘ladi. Islom Ismoilov qo‘l ostidagi “yo‘lbarslar” esa Qo‘qonga safar qiladi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing