Soxta hujjatlar orqali 11 nafar fuqaro nomiga kredit olgan “shovvoz” ushlandi (video)
3-sahifa
−
25 iyul 5251 2 daqiqa
Qashqadaryoda qalbakilashtirilgan guvohnoma va ma’lumotnomalar yordamida 12 nafar fuqaro nomiga jami 783 million so‘mlik kredit rasmiylashtirgan shaxs qo‘lga olindi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, Qarshi shahrida yashovchi Ruslan Umidov Qo‘riqlash xizmati xodimining soxta xizmat guvohnomasi hamda Milliy gvardiya harbiy qismi nomidan ish haqi ko‘rsatilgan qalbakilashtirilgan ma’lumotnomalarni tayyorlagan. Ushbu hujjatlar orqali u fuqarolar nomiga bank kreditlarini rasmiylashtirish bilan shug‘ullangan.
Aniqlanishicha, Umidov dastlab O‘zmilliybankning G‘uzor tumani bank xizmatlari ofisi orqali fuqaro Farhod Iminov nomiga 60 million so‘m kredit olishga erishgan. Shundan so‘ng u yana 11 nafar fuqaro nomiga soxta hujjatlar tayyorlab, umumiy hisobda 783 million so‘mlik kreditlarni rasmiylashtirgani ma’lum bo‘lgan.
Gumonlanuvchi namanganlik fuqaro Ismoil Davronov nomiga ham qalbakilashtirilgan hujjatlar orqali kredit olishga harakat qilgan paytda tezkor tadbir davomida ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Qarshi shahar Ichki ishlar boshqarmasi huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) 3-qismi “b” bandi hamda 228-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) tegishli qismlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan bo‘lib, hozirda tergov harakatlari davom etmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Buxoro viloyatida bank filialining sobiq rahbari fuqaroning xabari va roziligisiz uning nomiga kredit rasmiylashtirib, mablag‘ni o‘zlashtirgani aniqlangan edi.
Live
BarchasiTurkiyada F-16 halokatga uchradi
12 avgust