Shavkat Mirziyoyev Pezeshkiyonni tug‘ilgan kuni bilan tabrikladi

Jamiyat

−

image

Bugun, 29 sentyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Eron Islom Respublikasi Prezidenti Mas’ud Pezeshkiyon bilan telefon orqali muloqot qildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, suhbat avvalida davlat rahbari Eron Prezidentini tavallud kuni bilan samimiy tabriklab, unga mustahkam sog‘liq, oilaviy baxt-saodat va mas’uliyatli davlatchilik faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar tilagan.

Muloqot davomida keng qamrovli hamkorlikni rivojlantirish, xususan, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va madaniy-gumanitar sohalardagi aloqalarni yanada faollashtirishga alohida e’tibor qaratilgan.

O‘zbekiston va Eron Prezidentlari mintaqaviy kun tartibi hamda bo‘lajak tadbirlar rejasi yuzasidan ham fikr almashgan.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing