Samarqanddagi tovuq fermada gaz portlab ketdi (video)
3-sahifa
−
30 mart 2023 13252 1 daqiqa
Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on tumanidagi parranda fabrikasida portlash sodir bo‘lgani haqida xabarlar tarqaldi. Holat yuzasidan Favqulodda vaziyatlar vazirligi Matbuot xizmati birlamchi ma’lumot berdi.
Qayd etilishicha, bugun, 30 mart kuni soat taxminan 10:40 larda Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on tumanida joylashgan eski tovuq fabrikasida gaz-havo aralashmasi tufayli portlash sodir bo‘lgan.
Chaqiruvga ko‘ra, viloyat FVB mas’ul xodimlari tomonidan voqea joyiga chiqqan holda o‘rganish ishlari amalga oshirilmoqda. Portlash oqibatida vafot etgan va tan jarohati olganlar haqida xabarlar kelib tushmagan. Yong‘in sodir bo‘lmagan.
“Yaqin vaqtlarda qo‘shimcha ma’lumot taqdim etiladi”, deyiladi FVV xabarida.
Live
BarchasiBloger Aziz Hakimov 4 yilga qamaldi
11 avgust
Putin hech narsadan qo‘rqmasligini aytdi
11 avgust