Saida Mirziyoyeva AQSHning DFC korporatsiyasi rahbari bilan uchrashdi
Jamiyat
−
10:45 584 1 daqiqa
O‘zbekiston Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva AQSH Xalqaro moliyaviy taraqqiyot korporatsiyasi (DFC) bosh ijrochi direktori Ben Blek bilan uchrashib, yirik infratuzilma loyihalarini muhokama qildi. Bu haqda Saida Mirziyoyeva o‘zining Telegram-kanalida ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, Prezident Administratsiyasi rahbari Nyu-Yorkda AQSH Xalqaro moliyaviy taraqqiyot korporatsiyasi (DFC) bosh ijrochi direktori Ben Blek bilan uchrashgan.

Muloqotda O‘zbekiston va AQSH moliya institutlari ishtirokida yo‘lga qo‘yilgan qo‘shma investitsiya platformasi hamda transport va sog‘liqni saqlash sohasidagi yirik loyihalar muhokama qilingan.
.jpg)
Bildirilishicha, DFC bilan hamkorlikning muhim yo‘nalishlaridan biri O‘zbekiston tranzit va transport salohiyatini kengaytirishga qaratilgan.
.jpg)
Investitsiyalarni muvofiqlashtiruvchi qo‘shma mexanizm esa AQSHning nufuzli kompaniyalari, ilg‘or muhandislik yechimlari va katta xususiy kapitalini mamlakat infratuzilmasiga faol yo‘naltirishga xizmat qiladi.

Uchrashuv yakunida Saida Mirziyoyeva O‘zbekiston DFC kompaniyasi bilan hamkorlikni rivojlantirishda davom etishga tayyor ekanini bildirgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Nyu-York Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 81-sessiyasi doirasida O‘zbekiston Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish bilan uchrashgandi. Uchrashuvda O‘zbekiston va BMT o‘rtasida birgalikda rivojlantirib kelinayotgan muhim hamkorlik yo‘nalishlari muhokama qilingan.
Live
Barchasi