Rossiyaning ikki harbiy samolyoti Yaponiya havo hududini buzdi
Olam
−
11:14 383 3 daqiqa
Yaponiya keça, 17 noyabr kuni ertalab mamlakat havo hududiga kirgan Rossiyaga tegişli bölişi mumkin bölgan ikki harbiy samolyotni aniqladi. Hodisadan söng havoga qiruvçi samolyotlar kötarildi va xorijiy samolyotlar ekipaji ogohlantirildi. Bu haqda Yaponiya Mudofaa vazirligi ma’lum qildi.
Vazirlik ma’lumotiga köra, samolyotlar Fukuoka prefekturasidagi Okinosima orolining şimoli-ğarbiy qismida Yaponiyaning hududiy suvlari ustidan uçgan. Ularning mamlakat havo hududida bölgan vaqti ham qayd etilgan: birinçi samolyot mahalliy vaqt bilan soat 04:07 dan 04:10 gaça, ikkinçisi esa 04:09 dan 04:12 gaça Yaponiya havo hududida bölgan.
Havo hududini tark etgan samolyotlar Susima böğozidan ötgan. Keyin ular Yaponiyaning Yonaguni oroli va Tayvan oraliğidan uçib, Tinç okeani tomon yönalgan. Yaponiya Mudofaa vaziri Sindziro Koidzumi mazkur holatga munosabat bildirib, uni mamlakat suverenitetining jiddiy buzilişi va xavfsizligiga tahdid deb atadi.
“Rossiya samolyotlarining havo hududimizni buzişi nafaqat Yaponiya suverenitetiga jiddiy tajovuz, balki xavfsizligimizga ham tahdiddir. Bu mutlaqo qabul qilib bölmaydigan holat”, deydi vazir.
Koidzumining aytişiça, Tokio diplomatik kanallar orqali Moskvaga keskin norozilik bildirgan va bunday hodisalar boşqa takrorlanmasligini talab qilgan.
Janubiy Koreya ham Rossiya samolyotlarini aniqladi
Yaponiya bilan bir kunda Janubiy Koreya ham Rossiya harbiy samolyotlari harakati haqida ma’lum qildi. Mamlakat harbiylarining qayd etişiça, bir neçta Rossiya samolyoti Yapon dengizi ustidagi havo mudofaasini aniqlaş zonasiga kirgan. Bu haqda “Yonhap” agentligi Janubiy Koreya Qurolli kuçlari Birlaşgan ştab boşliqlari qömitasiga tayanib xabar berdi.
Janubiy Koreya harbiylari samolyotlarni zonaga kirişidan oldin aniqlagan. Şundan keyin ularga javoban qiruvçi samolyotlar havoga kötarilgan. Rossiya samolyotlari heç qanday oldindan ogohlantirişsiz zonaga kirgan bölsa-da, köp ötmay uni tark etgan.
Ta’kidlaş joiz, havo mudofaasini aniqlaş zonasi davlatning rasmiy havo hududi hisoblanmaydi. U xorijiy samolyotlarni oldindan aniqlaş va ehtimoliy tasodifiy töqnaşuvlarning oldini oliş uçun belgilanadi.
Rossiya va Xitoy esa xalqaro huquqda bunday zonalarni belgilaş uçun yetarli asos yöqligini ta’kidlab, Janubiy Koreyaning mazkur zona ustidan yurisdiksiyasini tan olmaydi.
Bu Yaponiya havo hududining birinçi marta buzilişi emas
Rossiya harbiy samolyoti Yaponiya havo hududini sönggi bor 2024 yil sentyabr oyida ham buzgan edi. Öşanda Rossiya razvedka samolyoti Xokkaydo yaqinida joylaşgan Rebun oroli hududida mamlakat havo çegarasini uç marta kesib ötgan. Yaponiya qiruvçilari samolyot ekipajini ogohlantiriş maqsadida issiqlik tuzoqlaridan foydalangan. Okinosima oroli yaqinida bunga öxşaş hodisa esa oxirgi marta 2013 yil avgust oyida sodir bölgan. Öşanda Rossiya bombardimonçi samolyotlari Yaponiya havo hududiga kirgan.
Live
Barchasi